Bugungm kunda sportcha suzishning brass, batterflyay, ko`krakda krol va chalqancha krol usullari mavjud. Suzish bo`yicha musobaqa dasturida erkin usulda suzish musobaqalari tavsiya qilinadi. Musobaqa dasturidaga masofalar bo`yicha ishtirok qiluvchi sportchi xohlagan suzish usulini tanlashi mumkin. Maqsad belgilangan masofani tezroq bosib o`tish. Buni faqat ko`krakda krol usulida suzib amalga oshirish mumkin.Hech qaysi suzish usuli tezlik jixatdan krol usuliga teng kelolmaydi.
Olimpiada o`yinlari, jahon birinchiligi va yirik halqaro musobaqalari dasturidai quyidagi masofalar o`rin olgan: 100, 200, 400 m ayollar va erkaklar; 800 m va 4x100 m estafeta ayollar, 1500 masofa va 4x100 m, 4x200 m estafetalar erkaklar, kompleke suzish va aralash suzishni oxirgi bosqichlari, 4x200 m estafeta ayollar uchun.
Ushbu masofalar bo`yicha yevropa va dunyo rekordlari qayd qilinadi.
Ko`krakda krol usuli - faqat tszkor usul bo`lib qolmasdan, balki kam sarf usuldir. Bu usul marafoncha va uzok masofalarga suzishda ham keng qo`llaniladi.
Krol usuli amaliy axamiyatga ham ega, uning yordamida uzoq masofalarga suzib borish, cho`kayotgan odamni qutqarish mumkin.
Zamonaviy krol usuli gavdaning gorizontal holati, oyoq va qo`lning navbatma-navbat harakati, qo`lning eshish uchun havodagi tayyorgarlik harakati bnlan tavsiflanadi.
Krol usuli kachon paydo bo`lgan? Bu savolga hech kim aniq javob bera olmaydi. Misr butxonalaridan birini devorida toshga o`yib chizilgan suzuvchining gavdasi saklanib qolgan. Ma’lum bo`lishicha ushbu rasm o`sha vaqtlarda hammaga ma’lum bo`lgan ieroglif suzishga o`xshaydi.
Rasm eramizdan 2500 ming yillar oldin paydo bo`lgan. Shuni aytishimiz mumkinki - zamonaviy krol usuli butun asrlar qa’ridan yetib kelgan desak mubolag`a bo`lmaydi.
Qadim davrlarda Rossiyada krol usuliga o`xshash «Sajenka» usuli ma’lum bo`lgan. Overarm stroke - deb nomlangan xozirgi zamon krol usulini «Otasi» ham takomillashtirilgan yonboshlab suzish «overarm» nomini saqlab qolgan.
Ushbu usulni farqli xususiyati shundaki, suzuvchi yonbosh holatida pastki ko`li bilan suv tagida eshish, yuqoridagi qo`li bilan navbatdagi eshish harakati uchun tayyorgalikni, oyoqlar qaychisimon harakatni bajargan. Bunday usul rus suzuvchilari orasida mashhur bo`lgan.
1873 yil ingliz suzuvchisi Jon Artur Tredjen birinchi marotaba o`sha vaqtlarda Double Overarm stroke («tredjen», «qo`l bilan navbatma-navbat harakat») deb nomlagan yangi usulni namoyish qildi.
Suzuvchi ko`krakda qo`llar yordamida navbatma-navbat eshish harakatini bajargan, bir qo`l eshish harakatini bajarganda, ikkinchi qo`l havoda tayyorgarlik harakatini bajargan. Ikkita (bitta o`ng qo`l, bitta chap qo`l) eshish harakatiga oyoqlarning bitta qaychisimon harakati to`g`ri kelgan.
Kelgusida over-arm va tredjen sportcha suzish usuli sifatida halqaro tan olinmadi.
Faqat, 1914 yildan 1952 yilgacha Rossiyada over-arm ayrim suzish usuliga ajratilgan va mamlakat birinchiligi musobaqalarida natijalar qayd qilingan. Ushbu usulda erkaklar 100 va 300 m ayollar 100 va 200 m masofalarga suzganlar.
Dunyoda birinchi marotaba ko`kraqda krol usulini Venger suzuvchisi Zoltan Xalmai va Avstriyalik Richard Kevil qo`llaganlar.
Z.Xalmai, oyoq va qo`l harakatini takomillashtirib (qo`llarni cho`zilgan navbatma-navbat tez va kuchli eshishi va oyoqlarni vertikal yassilikdagi sezilarli navbatma-navbat Tredjen usulidagidek gorizontal bo`lmagan), suzish tezligini deyarli oshirishga muvaffaq bo`ldi. 1904 yildagi Olimpiada o`yinlarida u 50 va 100 yard (1 yard - 0,91 m) masofalarga Eryunn usulda 28,6 va 1.02.8 natija bilan ikkita oltin medalga sazovor bo`ldi.
R.Kevil, 3. Xilmaiga nisbatan oyoq harakatini yaxshilik faoliyatiii yanada ko`prok oshirishga eryshdi. Kevil qo`lni har bir eshish harakatiga, oyoq bilan qarama-qarshi (zarb) harakat bajardi. U yanga paydo bo`lgan krol usuli nomi bilan bog`liq (inglizchada srawl - siljish) suvda siljish harakatini bajargan.
Shu davrdan boshlab, Z.Xalmai qo`llagan usul «Venger kroli», R. Kevil qo`llagan usul «avstraliya kroli» deb tarnxga qiritilgan.
Avstraliyalik Aleks Vikxem krol usulida suzgan birinchi sportchilardan sanalgan.
1905 yil Venada o`tkazilgan suzish bo`incha halqaro musobaq«da Z.Xalmai 100 m masofani erkin uso`ld;1 (krol) 1.05.8 natija bilan suzib o`tdi.
Ushbu natija FINA tomonidan birinchi jahon ko`rsatkichi deb tan olingan. Ko`krakda krol usulini «Avstraliya» varianti Yevropa va Amerika suzuvchilari orasida tez tarqaldi. Bu usul texnikasi tobora takomillashib bordi natijada, oltizarbli krol usuli texnikasi yuzaga keldi.
Oltizarbli krol texnikasini muallifi afsonaviy amerikalik suzuvchi Dj.Veysmyuller edi. Uni shu usul «professori» deb ataganlar. D.Veysmyuller 1924 va 1928 yillardagi Olimpiada o`yinlari g`olibi bo`lgan. U birinchi krolchi bo`lgan va 100 m masofani krol usulida 1 daqiqadan kam vaqtga, 400 m masofani 5 daqiqada suzib o`tgan.
1968 yil Mexiso Olimpiada o`yinlarida g`oliblar dasturni barcha nomerlarida ikki va to`rtzarbli texnika variantini qo`lladilar. Keyingi yillarda kuchli suzuvchilar amalda ikki - va to`rt -, va oltizarbli krol usulini qo`llay boshladilar.
Gavda holati. Tana suvda gorizontal, cho`zilgan, nisbatan tik, oquvchan holatda bo`ladi. Hujum burchagi 3-5 daraja. Bosh gavdaning bo`ylama o`qiga mos ushlanadi. Yuza suvga tushirilgai, peshona suvga botgan, ko`rinish to`g`riga –pastga yo`naltirilgan.
Oyoq harakati. Oyoq harakati navbatma-navbat bajariladi.
Harakat yo`nalishi: yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga. Pastdan yuqoriga - tayyorgarlik harakati: yuqoridan pastta - ishchi harakat.
Dastlabki holat. Oyoq navbatdagi zarbli harakatini tugatdi, to`g`rilandi, panja 30-40 sm chuqurlikda. Oyoq uchlari cho`zilgan. Gorizontal chiziq va oyoklar oralig`dagi chiziq - o`tkir burchak taxminan 20 daraja. Ana shunday dastlabki holatdan, oyoq harakatining yuqoriga tayyorgarlik harakati boshlanadi.
Tayyorgarlik harakati. Oyoq harakatining birinchi qismi to`g`ri bajariladi. Buning hisobiga tez pastga harakatlanadi.
Shu vaqt to`g`rilangan oyoq gorizontal holatda, boldir pastga harakatlanadi. Tizza va panja yuqoriga haraqat bajaradi. Natijada qarama-qarshi oyoq tizza bo`g`imidan bukiladi. Panja suvni ustki qismida tayyorgarlik harakati tugallanadi.
Qo`l harakati. Qo`l harakati navbatma-navbat bajariladi. Bu texnikani kamsarfliligini va moyilligani ta’minlaydi.
Xuddi, navbatma-navbat ish tanaffussiz ko`p vaqt tsikl orasi tortishish kuchini yaratishga imkon berganidek, harakatni bir qismdan ikkinchi qismga «yumshok» uzatadi.
Krol usulida qo`llar asosiy siljituvchidir.
Harakat fazasi harakterga ega . U quyidagi fazalardan iborat: «ushlash», «tortishish», «depsinish», «qo`llarni suvdan chiqishi»,. «suv ustidagi qo`llar harakati», «qo`llarni suvga botishi».
Qo`llarni suvga botishi, eshishga giyyorgarlikni tugallaydi. Suvga dastlab kaft, tirsak so`ng yelka botadi. Kaft barmoqlari yozilgan va birlashgan holda suvga botadi.
Qo`llar suvga botishi bilan ushlash fazasi boshlanadi. Bu faza kuch bilan qisqa davr mobayiida bajariladi. Dastlab qo`l oldinga - pastga va qisman yon tomonga harakatlanadi. Birinchi qo`lni harakat fazasini bajarishi, ikkinchi qo`l eshishni tugallashiga to`g`ri keladi.
Faza davomiyligi - 0,06 - 0,30 s.
Tortishish fazasi qo`llarni yelka kamarida faol aylanishi bilan boshlanadi. Suzuvchi suvga kaft bosimini oshiradi. Bajarilayotgan harakat yo`nalishi o`zgaradi va orqaga - ichkariga -pastga bajariladi.
Tortishish fazasini boshlanishida qo`l tirsak bo`g`imidan 130-150 daraja bukilgan, tortishish oxirida burchak 90-100 darajani hosil qiladi. Fazaning boshlanishida kaft frontal yassilikda 45 daraja, burchak ostida, fazaning oxirida kaft nisbatan frontal holatda bo`ladi.
Tortishish fazasining davomiyligi 0,20 - 0,35 s.
Depsinish fazasi eshishni kuchli va xal kiluvchi qismi. Kaft korin va taz ostida oldindan orqaga, nisbatan tashqariga, frontal holatga yaqin holatni saqlab kuch bilan harakatlanadi. Qo`l tirsak bo`g`imidan bukiladi. Eshish kaftning yuqoriga-pastga, nisbatan tashqariga tayg`oq tayanch harakati bilan tugallanadi.
Eshish oxirida qo`l tirsak bo`g`imidan batamom to`g`rilanadi, kaft suv yuziga chiqish uchun boldir yonidan o`tib, kichkina barmoq orqali orqaga o`giriladi,
Fazaning davomiyligi - 0,15 - 0,30 s.
Qo`lni suvdan chiqish fazasi. Bu fazaning boshlanishi va tugallanishi, gavdaning qarama-qarshi harakati, qo`l yelka kamarini suv yuzasidagi holati bilan boshlanadi. Keyin, ketma-ket tirsak, yelka bo`g`imi va kaft suv yuzasiga ko`tariladi.
Bu fazaning davomiyligi - 0,05 0,07 s (5-8% tsikl vaqtidan).
Qo`l harakatini suv yuzasidagi harakati
Qo`l quyidagi ketma-ketlikda suvdan ko`tariladi: eng avval yelka bo`g`imi va yelka, keyin esa bilak va panjalar. So`ngra suv ustida harakat boshlanib, tirsak bo`g`imida bukilgan qo`l erkin yuqoriga-oldinga ko`tariladi, yelka bilan chyotga tortiladi. Bilak va panjalar yelka bo`g`imi chegarasigacha yaqinlashib keladi.
Bunda panjalar tirsak bo`g`imidan ancha past, suv yuzasiga yaqin joyda bo`ladi. Keyinchalik qo`l oldinga harakat qiladi. Bunda tirsak bo`g`imidan to`g`rilanib boradi va ozgina bukilgan holda shu yelka bo`g`imi to`g`risiga panjalar bilan suvga botgan holda uzatiladi.
Bu fazaning davomiyligi (tayyorgarlik davri) - 0,30 - 0,45 s (25% to`liq tsikl vaqtidan).
Nafas. Krol usulida suzganda nafas faqat og`iz orqali olinadi va og`iz hamda qo`shimcha burun orqali suvga chiqariladi. Bosh o`ngga yoki chapga buriladi va og`iz suv ustiga chiqqandagina nafas olinadi.
Nafas olib bo`lgach bosh oldingi holatga qaytadi. Keyin nafas chiqarish boshlanadi.
Nafas olish va nafas chiqarish uchun boshni buraganda gavda muvozanati hamda gorizontal holatni buzmaslik kerak. Harakatlarni umumiy moslashuvi. Ikki zarbli krol. Ikki zarbli krol usulida ikkita navbatma-navbat qo`l harakatiga, ikkita ketma-ket oyoq harakati to`g`ri ksladi. o`ng qo`l ushlashni tugatishi bilan chap oyoq zarbni tugatadi, tortishni boshlanish davri suv yuzasining 36 daraja burchak ostida bo`ladi. Navbatdagi chap qo`l tayyorgarlik harakatini o`rtasida yani olib o`tish holatiga go`g`ri keladi.
Ikki zarbli krolda qo`llar harakati kuchli na harakatchan, harakat tempi yuqori maromda bajariladi.
To`rt zarbli krol. Turt zarbli krolda ikkita navbatma-navbat qo`l harakatiga, turtta ketma-ket oyoq harakati to`g`ri keladi. .
Chap oyoq zarbni tugallash vaqtida o`ng qo`l 20 daraja burchak ostida eshishni boshlaydi, chap qo`l itarilish fazasida harakatlanadi.
Ikkinchi zarb (o`ng oyoq) qo`l harakati suv yuzasining 90-95 daraja burchak ostidaga holatda tugallanadi.Uchiichi zarb chap qo`l 20 daraja suv yuzasida ushlash vaqtida chap oyoq harakatni tugallaydi, bu vaqt o`ng qo`l depsinish fazasini tugallaydi.To`rtinchi zarb o`ng oyoqda, qo`l harakagi suv yuzasining 90-95 daraja burchak ostida eshish, o`ng qo`lni olib o`tish va tayyorgarlik harakatini o`rtasida tugallanadi.
Xulosa To`rt zarbli krol texnikasi ikki zarbli krol texnikasidan juda kam fark qiladi.
Olti zarbli krol. Olti zarbli krolda qo`l harakatining to`liq tsikliga olti oyoq zarbi to`g`ri keladi. Bu texnika variantida suzuvchilar sekin ushlash bilan birga kuchli va uzun eshishni qo`llaydilar. . .
Oyoq harakati kichik tezlikda, harakat yo`nalishini tez o`zgartirib bajariladi. Oyoq harakati maromi qo`l harakatiga to`liq bo`ysunadi.
Olti zarbli krolda qo`lning eshish harakatiga uchta oyoq zarbi to`g`ri keladi, bu vaqtda qo`l suv yuzasidan 11-15, 53-55. daraja burchak ostida bo`ladi.U yeki bu texnika variantini tanlash suzuvchini shaxsiy xususiyatlari, masofani uzunligi, suzuvchining jismoniy va boshqa tayyorgarliklaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Chalqancha krol usulida suzish texiikasi.
Chalqancha suzish Olimpiada o`yinlari dasturiga dastlab 1904 yili Sent-Puis (AKSh) da bo`lib o`tgan musobaqada kiritildi.Bu Olimpiadada faqat erkaklar qatnashgan edi. 1924 yili Parij (Frantsiya)da bo`lib o`tgan Olimiadadan boshlab, bunday musobaqalarda ayollar ham qatnashadigan bo`ldi. Chalqancha krol usulida suzish tezligi jixatdan ko`krakda krol va delfindan so`ng uchinchi o`rinda turadi. Musobaqalarda chalqancha krol usulida 100 va 200 m, aralash estafetani birinchi bosqichi 4x100 m va kompleks suzishni ikkinchi bosqichida 50 va 100 m masofalarga suzadilar. Chalqancha krol usuliiing ko`krakda krol usuli texnikasiga o`xshash -tomonlari ko`p. Qo`l harakati navbatma-navbat bajariladiUlarning ishchi harakati suv yuzida tayyorgarlik harakati bilan navbatlashadi. Oyoklar vertikal tekislikda navbatma-navbat ishlaydi.Zamonaviy chalqancha krol usuli texnikasi asoschisi A.Kifer. XX asrning 30 yillarida uning usuli bosh va gavdaning gorizontal holati, oyoqlarning faol harakati, havoda
Foydalanilgan adabiyotlar
Sobirova O. Bolalar suzishni o’rganing. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1987.