Koloniya va turmalarda jazoni o‘tash


Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari. Mahkumlarning huquqiy holati va imtiyozlari. Mazil koloniyalardagi mahkumlarning mehnati,ta’limi



Yüklə 29,69 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü29,69 Kb.
#209606
1   2   3
Koloniya va turmalarda jazoni o‘tash

Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari. Mahkumlarning huquqiy holati va imtiyozlari. Mazil koloniyalardagi mahkumlarning mehnati,ta’limi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 46-moddasiga 2003 yil 12 dekabr va 30 avgust kunlari qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kilindi, qonunchilik isloxoti utkazildi. Prezidenti miz I. Karimov aytganlaridek, «engmuximi-inson va fuqaroning fikrlashi va dunyokarashi uzgarmokda, siyosiy va ijtmoiy ongi, uning umumiy saviyasi tuxtovsiz usib bormokda».
Shuning boisi ularok, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 46-moddasiga muvofiq: « manzil koloniyalar kuyidagilarga bulingan:
-ijtimoiy xavfi katta bulmagan jinoyatlar, extiyotsizlik oqibatida sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etshga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan mazil-koloniyalar;
-umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalardan utkazilgan max kumlar saqlanadigan mazil-koloniyalar;».
Manzil-koloniyalar respublikamizda 1963 yil iyul oyida tashkil etilgan va spetsifik xususiyatga ega bulgan. Mazil-koloniyalarning asosiy xususiyati shundaki, mahkumni kayta tarbiyalash nisbatan yengilrok sharoitlarda amalga oshiriladi.
JIKning 113-moddasida Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash tartibi belgilangan.
Manzil-koloniyalarda:
mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar;
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida o‘tkazilgan voyaga yetgan mahkumlar;
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni o‘taydi.
Manzil-koloniyalarga ijobiy tavsifga ega va:
og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini o‘tagan mahkumlar;
o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tagan mahkumlar o‘tkaziladi.
Manzil-koloniyalarga quyidagilar o‘tkazilmaydi:
o‘ta xavfli retsidivistlar;
uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;
yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar;
majburiy davolanishdan o‘tayotgan mahkumlar;
mehnatga qobiliyatsiz mahkumlar.
Bitta manzil-koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saqlanishi mumkin. Shuningdek, yana bir ahamiyatli jixati manzil-koloniyalarda ijobiy tavsifga ega xamda uncha ogir bulmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida beshdan bir qismini, ogir jinoyat uchun jazo muddatining turtdan bir qismini, uta ogir jinoyati uchun muddatining kamida uchdan bir qismini utagan mahkumlar, mukaddam jazodan sharte ravishda muddatidan ilgari ozon etilgan yoki jazo sud tomonidan yengilrogi bilan almashtirilgan shaxs uta ogir jinoyat, shuningdek jazo muddatining utalmagan qismi davomida kasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini utagan mahkumlar manzil-koloniyalarga utkaziladi.
Manzil-koloniyalarga kuyidagilar utkazilmaydi:
-uta xavfli retsidivistlar;
-umrbod ozodlikdan mahrum qilish avf etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan shaxslar;
-yukumli kasalliklarga chalingan bemorlar;
-majburiy davolanishdan utayotgan mahkumlar;
-mehnatga kobiliyatsiz mahkumlar;
Manzil-koloniyalarning uziga xos xususiyatiyati shundaki, bitta koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saklanishi mumkin.
Manzil-koloniyalarda mahkumlarning jazoni o‘tash shartlari kuyidagilar bo‘lib hisoblanadi:
mahkumlar sokchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar, mahkumlarning erki cheklanadi, xolos.
ertalab urindan turishdan kechki yotishgacha bulgan vaqt mobaynida koloniya xududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar. Birok kechki paytdan, anikrogi yotishdan ertalab uygongunga kadar koloniya xududida harakatlanish kat’iyan man etiladi
Ular bajarayotgan ish yoki olayotgan ta’lim takozo etsa, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya xududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin;
yonlarida pul va kimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan xolda foydalanishlari mumkin;
cheklanmagan miqdorda telefon orqali suzlashishlari, posilka.yo‘qlov va banderollar olishlari xamda junatishlari mumkin;
Manzil koloniyalardagi mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar,odatda, ishdan bush vaqtlarda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosnomasiga binoan manzil-koloniya xududidan tashqarida ukazilishi mumkin.
Mahkumlar xonalarga bulingan yotokxonalarda yashaydilar.Saqlash rejimini buzmagan,oilasi bor mahkumlarga muassasa boshligi qaroriga muvofiq manzil-koloniya xududida yoki undan tashqarida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. Bunday shaxslar ichki tartib qoidalarida belgilab kuyilgan tartibda ruyxatdan utish uchun xozir bulishlari shart. Manzil-koloniya ma’muriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.



Yüklə 29,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin