1. Iqtisodiyotda prognozlash: mohiyati, ahamiyati, mazmuni ?
2. Tarmoqlarda rejalashtirishning mohiyati va ahamiyati, vazifalari va tamoyillari?
3. Tarmoq va korxona darajasida sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishning xususiyatlari va uslubiy asoslari ?
Javoblar :
Prognozlash va rejalashtirishni mohiyati, maqsadi, vazifalari va ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti shakllanishi sharoitida iqtisodiy fanlarning vazifalaridan biri rejalashtirish munosabatlarini to`g`ri va ilmiy asoslashdan iboratdir.
Iqtisodiyot fanining asoschilaridan biri qadimgi grek faylasufi Aristotelning aytishicha, har qanday ne`mat yaratish har joyda, har tomonlama ikki xil shartga bog`liq, ya`ni, birinchisi, har qanday faoliyatni kelajak maqsadini to`g`ri aniqlab olish, ikkinchidan, maqsadga erishishga munosib vositalarini topishdan iboratdir.
Ushbu iboralardan kelib chiqadiki, tarixan insoniyat o`z faoliyatini amalga oshirishda abstrakt fikrlash asosida uni doimo prognoz qilgan va rejalashtirgan.
Rejalashtirish atamasi hayotga keyinchalik, ayniqsa, sotsialistik tizim davrida tadbiq qilingan. Nosotsialistik tizimdagi davlatlarda ko`proq prognoz, programma, strategiya, konsepsiya kabi atamalar ishlatiladi. Bularning hammasi bir xil vazifani, ya`ni kelajakda sodir bo`ladigan yoki sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hodisa va jarayonlarni kelib chiqishi, amalga oshirish tartibi, yo`llarini va ketma-ketligini ko`rsatadi. So`z atamada emas. So`z uning asl mazmunida.
Har qanday xo`jalik yuritishning samarasi iqtisodiyot qonunlarining talablarini chuqur o`rganish asosida rejalashtirish nazariyasini ishlab chiqilishiga va uning metodologiyasining yaratilishga bog`liq.
Tarixan iqtisodiyot bilan bog`liq fanlar o`z nazariyasini takomillashtirish asosida rejalashtirish nazariyasini yaratgan.
Rejalashtirish nazariyasi jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini bilish, jarayonlar va hodisalar o`rtasidagi bog`liqlikni obyektiv sabab va oqibatlarini o`rganish, ularni dialektik va logik usullar bilan asoslash negizida rejalashtirishning metodologiyasini yaratgan.
Rejalashtirish metodologiyasi rejalashtirish jarayonining ichki logikasini yoritib beradi. Rejalashtirish metodologiyasi rejalashtirish jarayonini tashkil qilish, uni ishlab chiqish va joriy qilish prinsiplarini, metodlarini, tarkibini, tartibini, etaplarini va ko`rsatkichlari sistemasini asoslab beradigan ta`limotdir.
Sovet iqtisodiyotida xalq xoʻjaligini markazlashtirilgan R. xoʻjalik mexanizmining asosiy boʻgʻini hisoblangan va direktiv, manzilli, barcha xoʻjalik yurituv subʼyektlar uchun majburiy boʻlgan. Rejalar tizimi mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning yagona xalq xoʻjaligi rejasi, tarmoklar va mintaqalar rejalari, shuningdek, korxonalar rejalarini oʻz ichiga olgan. R. ni davlat miqyosida maxsus organlar — SSSR Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitasi va ittifokdosh respublikalar Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitalari hamda ularning viloyat, tuman boʻlinmalari ishlab chiqqan. 1928-yildan boshlab SSSRda xalq xoʻjaligini rivojlantirishning 5 yillik rejalari amaliyotga kiritilgan va bu tartib 1991-yilga qadar saqlanib keldi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida R. korxonalar darajasida biznes rejalar tuzish shaklida (ichki firma R.) (qarang Biznes reja), kompaniyalar guruchlari darajasida korporativ rejalar shaklida amalga oshiriladi. Bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda makrodarajada R. davlat tomonidan tartibga solishning muhim va keng tarqalgan shakli boʻlib keldi. 1950-yillar oʻrtalaridan bu mamlakatlarda indikativ R., yaʼni tavsiya etiladigan, maslahat tarzidagi R. amalga oshirila boshladi. Bunday R. Fransiya va Yaponiyada oʻtgan asrning 70-yillariga qadar, ayrim mamlakatlar, Mas, Koreya Respublikasi va Tayvanda 80-yillar oʻrtalarigacha amal qildi. Indikativ rejalarda i.ch. va isteʼmol hajmlari, tuzilmasi, oʻsish surʼatlari, narxlar dinamikasi, eksport va import, investitsiyalar va boshqalarning asosiy koʻrsatkichlari belgilanadi. Shuningdek, bu rejalarda bozor subʼyektlarini qoʻyilgan maqsadlarni bajarish, rejali indikatorlar (koʻrsatkichlarni amalga oshirish) sari yoʻnaltirilgan iqtisodiy stimullar tizimi, daromadlar va bandlik, soliklar boʻyicha bevosita va bilvosita dastaklari ham keltiriladi.
3. Rejalashtirish uslubiyati bu – iqtisodiyotni boshqarishning turli bo’g’inlarida, jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari majmuasidir. Avvalgi rejali iqtisodiyot sharoitlarida u avvalo reja organlarining, ham sobiq ittifoq miqyosida, ham alohida respublikalar miqyosida amal qilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarga tayanar o’di. Iqtisodiyotning muhim soha va tarmoqlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish ushbu ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o’z faoliyatini rejalashtirishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Biroq bu rejalashtirishning tekshirib ko’rilgan va foydali usullaridan voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitlarda ham korxonalar faoliyatini rejalashtirish-texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, progressiv norma va normativlar, iqtisodiy tahlil, muqobil variantlarni tanlashga asoslanadi.