Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   466
TATU Falsafa

148
 
qarashlarni Berlindagi «Empirik falsafa jamiyati» (G.Reyxenbax, V.Dubislav), 
Varshava maktabi (K.Vidunevich, L.Xvistek) a'zolari rivojlantirdilar. Angliyada 
esa bu qarashga A.Dj.Ayer qo'shildi. A.Puankare konventsializmi va 
pragmatizmning bir qator g'oyalari bilan to'ldirilgan maxizm neopozitivizmning 
asosiy g'oyaviy manbai hisoblanadi. 
Neopozitivistlar dunyo haqidagi barcha bilimlarimizni faqat konkret empirik 
fanlar beradi, deb ta'kidlaydilar. Afsuski falsafa xususiy fanlardan tashqari, dunyo 
haqida birorta yangi qoidani ko'tarib chiqara olmaydi, hech kanday dunyo tasvirini 
yarata olmaydi. Uning vazifasi fanlar va ayrim bilimlarning xulosalarini mantiqiy 
tahlil qilish va tushuntirishdan iborat.
 
Neopozitivistlar falsafani faqat tilning mantiqiy tahlili bilan aynan bir narsa 
degan holda falsafadan falsafiy muammolarni chiqarib tashlashga va bu bilan uni 
amalda yo'q qilishga harakat qiladilar. 
Neopozitivistlar mantiqiy tahlil qilishning muhim vazifalaridan biri 
mazmunga ega bo'lgan gaplarni ilmiy nuqtai nazarda mazmundan mahrum bo'lgan 
gaplardan uzoqlashtirish va fanni «mazmunsiz» gaplardan «tozalash»dan iborat 
deb biladilar. Empirik tajribada sinab ko'rilgan gaplar haqiqiy, sinab 
ko'rilmaganlarini esa soxta deb hisoblaydilar. Ana shunga suyanib, neopozitivistlar 
falsafaning muammolarini sinab ko'rilishi mumkin bo'lmagan soxta muammolar 
deb qaraydilar. 
Verifikatsiya yoki sinab ko'rish neopozitivizm nuqtai nazarida gapni tajriba 
(«hissiy ma'lumotlar, kuzatishlar»)ning ayrim oxirgi amallari bilan taqqoslashdan, 
yoxud uni xuddi shu faktni qayd qiladigan gap bilan taqqoslashdan iborat. Shu 
tariqa gap sezgi yoxud sezgidan kelib chiqadigan gap bilan taqqoslanadi. 
Neopozitivizm shu tarzda o'z davrida ingliz faylasuflari Berkli va Yum bayon 
qilgan sub'ektiv idealistik bilish nazariyasining asosiy g'oyasi («ongimizdagi 
faktlardan yoki bu faktlar haqidagi fikrlardan boshqa narsani bila olmaymiz va 
bilishimiz mumkin emas»)ni qayta ta'kidlaydi

Verifikatsiya tamoyili fanda real qo'llaniladigan sinashning elementar 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin