Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   466
TATU Falsafa

147
 
E.Fromm, Z.Freyd ta'limotini ijtimoiy munosabatlarni tahlil etishga tadbiq 
etib, bir qator yangi fikrlarni ilgari suradi. 
Pozitivistlar barcha haqiqiy, «ijobiy» (pozitiv) bilimlarni ayrim fanlarning 
natijasi yoki ularni sintetik birlashtirish natijasi sifatida olish mumkin deydilar. 
Ular real voqealikni chuqur tadbiq, qilishga qaratilgan falsafa alohida fan bo'lish 
huquqiga ega emas, deb da'vo qilganlar. Pozitivizm XIX asrning 30-40 yillarda 
vujudga kelgan. Uning asoschisi fransuz faylasufi O.Kont hisoblanadi. Pozitivizm 
uchta asosiy ko'rinishga ega: 1) O.Kont pozivitizmi; 2) Empiriokrititsizm; 3) 
Neopozitivizm. 
Kont fan o'zidan ustun turuvchi hech qanday falsafaga muhtoj emas degan 
g'oyani ilgari suradi. Kont fikricha, fan falsafaning «metafizik» muammolari bilan 
qiziqmaydi, u idealizmni ham, materializmni ham rad qiladi. Mohiyat va sababni 
ochib beradigan da'voga taalluqli metafizik qoldiqlar fandan haydab chiqarilishi 
kerak. Shuning uchun fan hodisalarini izohlamaydi, balki izlaydi va «nima uchun» 
degan savolga emas, balki «qanday» degan savolga javob beradi. 
Pozitivizm tabiiy-ilmiy kashfiyotlarni aqliy-falsafiy nazariyalarga qarama-
qarshi qo'yadi va mutlaq to'g'ri deb qabul qiladi. 
Pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli — R.Avenarius va E.Max 
empiriokrititsizm (maxizm) falsafasining vazifasi barcha fanlarning umumiy 
xulosalarini sistemalashtiradigan «sintetik» sistemasining nazariyalaridan iborat 
bo'lmasdan, balki ular ishlab chiqqan sub'ektiv-idealistik asosi ilmiy bilish 
nazariyasini yaratishdan iborat deb biladi. Masalan, Max sezgini inson bilishi 
mumkin bo'lgan yagona «reallik» yoki butun mavjudotning «elementi» deb 
qaraydi. 
XX asrning 20-yillarida neopozitivizm vujudga keldi. Uning vujudga 
kelishida ingliz mantiq olimi, matematik va faylasufi B.Rassel va avstriya faylasufi 
L.Vitgenshteyn muhim rol o'ynadilar. Mantiqiy pozitivizm o'tgan asrning 20-yillari 
boshlarida M.Shlik tomonidan tashkil qilinib, uning tarkibiga R.Karnap, O.Neyrat 
va boshqalar kelib qo'shilgan «Vena to'garagi» vujudga keldi, Shunga o'xshash 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin