178 bo’lgan. Ular o’rtasida materiya harakat shakli qo’yi shakllardan sifat jihatdan farq
qiladi va uni quyi shakldan iborat qilib bo’lmaydi. Harakat shakllarining o’zaro
ta’sirini bilish olamning moddiy birligini, materiyaning tarixiy taraqqiyot
xususiyatlarini ochib berish uchun katta metodologik ahamiyatga egadir.
Harakatning ko’rinishi qanday shaklda bo’lmasin, u moddiy asosga ega.
Olam hodisalari doimo o’zgarishda, o’sishda, qotib qolgan narsaning o’zi yo’q.
Demak, materiya harakati shakllari har xil bo’lmasin, ular bir-biriga bog’liqdir.
Materiya harakatining har bir shakli o’zining qonuniyatiga ega. Masalan, mexanik
harakat klassik mexanika qonuniga, issiqlik harakati termodinamika qonuniga,
kimyoviy harakat moddalarning ajralish va birikish reaktsiyasi qonuniga, biologik
harakat assimilyatsiya va dissimilyatsiya qonuniga asoslanadi. Harakatning har bir
shakli bir-biridan o’ziga xos qonuniyati bilan sifat jihatdan farq qiladi.
Ilmiy falsafa harakat bilan bir qatorda muvozanat tushunchasi borligini inkor
etmaydi. Tinchlik harakatning ifodasi, o’lchovi natijasidir. Tinchlik nisbiy va
vaqtincha, harakat esa mutlaqdir. Harakatning ko’rinishi qanday shaklda
bo’lmasin, u nisbiy xarakterga egadir. Masalan, yerda tinch turgan bir jismni
olaylik. U jism faqat boshqa harakatlanuvchi predmetlarga nisbatan tinch, xolos.
yerdagi jism tinch turgan bo’lib ko’rinsa ham, u yer bilan birga uning o’z o’qi
atrofida harakatlanadi. Undan tashqari, bu jism o’zining muayyan sifatini abadiy
saqlab qolmaydi, uning tarkibida fizik va kimyoviy o’zgarishlar doim sodir bo’lib
turadiki, bu hol natijada o’sha jismni sifat jihatdan o’zgarishiga olib keladi. Har
bir narsa bordan yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi, tabiat azaldan mavjud va
doimiy harakatdadir.
Hozirgi zamon fizikasining asoschisi Geyzenberg «Yadro fizikasining
falsafiy muammolari» kitobida hamma narsaning asosi bitta substantsiyadan
iborat, bu substantsiya energiyadir, deb ta’kidlaydi.
Metafizika materiyaning harakatsiz mavjudligini e’tirof etadi. Bunga
qarama-qarshi dialektika materiya va harakatning birligi, ularning ajralmasligini
fan kashfiyotlari bilan bog’lab ilmiy jihatdan asoslab berdi. Harakatsiz materiya,