206 qarama-qarshi tomonlari keskinlashib, ularning eski chegarada birgalikda yashashi
mumkin bo‘lmay qolgan holatini belgilaydi. Ziddiyatlar hamma vaqt ham to‘qnashuv
bilan tugamay, balki alohida sharoitdagina shunday holda bo‘lishi mumkin. Mana shu
real munosabatlar qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunida aks ettiriladi.
Hamma narsa va hodisalar ichki ziddiyatlarga va bir-biriga qarama-qarshi
bo‘lgan tomonlarga ega.
Quyosh sistemasi ham qarama-qarshiliklar birligining murakkab namunalaridan
hisoblanadi. Sayyoralar sistemasining markazi hisoblangan Quyosh bilan boshqa
sayyoralar o‘rtasida shunday aloqadorlik mavjudki, bu aloqadorlik markazga intiluvchi
tortishish kuchi va markazdan qochuvchi-itariluvchi kuchlar ta’sirida yuzaga keladi.
Shu qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash Quyosh sistemasining yashashi va
rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini belgilaydi.
Agar atomni olsak, bir atom moddasi ham, avvalo, musbat va manfiy elektr
zaryadlari, proton va elektron kabi murakkab qarama-qarshi tomonlarning
yig‘indisidir. Atom yadrosining o‘zida tortilish va itarilish kabi qarama-qarshi
kuchlar mavjuddir.
Organik dunyodagi rivojlanishni ham qarama-qarshiliklar kurashisiz tasavvur
qilish qiyin. Hayotning o‘zi shunday zid, qarama-qarshi jarayondirki, unda
yaratilish va yemirilish, assimilyatsiya va dissimilyatsiya kabi qarama-qarshi
munosabatda bo‘lgan tomonlar mavjud. Organizm yashab turgan vaqtda uning
hujayralari to‘xtovsiz o‘lib, o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi. Mana shu ikki qarama-
qarshi yo‘nalish organizmning yashashi uchun zarur sharoitni yaratadi. Bu
jarayonning to‘xtashi organizmning halok bo‘lishiga olib keladi. Jamiyatda ham
o‘ziga xos ziddiyatlar mavjud.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni bilish jarayonida ham o‘z
ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan hissiy va
ratsional bilishdan iboratdir. Hissiy bilish orqali inson narsa va hodisalarning faqat
tashqi tomonlari va xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot oladi, mavhum tafakkur orqali
esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda