Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   466
TATU Falsafa

217
 
ma’naviy hayotida ro‘y berayotgan jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra yangi sifatiy 
o‘zgarishlarga kiradi. Shular natijasida davlatimiz yuksak bosqichga ko‘tariladi. 
Bular o‘z-o‘zidan emas, balki keng xalq ommasining ijodiy faoliyati, ijtimoiy-
siyosiy faolligi natijasida amalga oshiriladi. Bu o‘zgarishlar inqilob yo‘li bilan 
emas, asta-sekin tadrijiy yo‘l bilan amalga oshadi. 
«Jamiyatni yangilashning inqilobiy usullariga biz mutlaqo qarshimiz. Biz 
tadrijiy — evolyutsion islohotlar yo‘li tarafdorimiz va bunga qat’iy amal qilamiz. 
Mamlakatimizning tarixiy va milliy xususiyatlarini, xalqimiz tabiati-mentalitetini 
inobatga olsak, rivojlanishning mazkur yo‘li biz uchun nihoyatda maqbuldir»
1
, — 
deydi I.A.Karimov. Ko‘rinib turibdiki, bu qonun jamiyatimizni ilmiy boshqarish va 
uning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 
Olamni anglashda inkorni inkor qonuni talablariga muvofiq fikr 
yuritishning zarurligi. 
Inkorni inkor qonuniga muvofiq, ob’ektiv voqelikdagi 
narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonida eskining yangi tomonidan inkor 
qilinishi ro‘y beradi. Biroq, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy 
tomonlar saqlanib qoladi. Rivojlanish burama shaklda, ma’lum nisbiy 
takrorlanishlar asosida, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga qarab boradi.
 
Metafizik yo‘nalish inkorning ijodiy yaratuvchilik rolini tan olmaydi. Bundan 
farqli o‘laroq, dialektik qarash eski narsani yangi narsa inkor qilishini ta’kidlaydi. 
Olamda hech bir sohada o‘zining ilgarigi yashash shakllarini inkor etmaydigan 
rivojlanish sodir bo‘lishi mumkin emas. 
Har bir jarayon inkor qilish jihatiga ega. Ichki ziddiyatlar tufayli taraqqiyot 
jarayoni ertami — kechmi eski narsaning yemirilishiga va yangi narsaning vujudga 
kelishiga olib keladi. Vujudga kelgan bu yangi narsa eskining inkor qilinishidir. 
«Har bir qarama-qarshilikda bo‘lgan narsa, — deydi Forobiy, - boshqa 
tomonidan buzdirilishi lozim bo‘ladi, birinchi esa o‘z tabiati bilan qarama-qarshi 
tomonidan inkor etilgan bo‘ladi. Bu esa uning aslida (substansiyasida) mavjud 

1
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:“O‘zbekiston”,1999.-14-bet. 







Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin