Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   466
TATU Falsafa

257
 
g) mohiyat va hodisa, yakkalik, xususiylik va umumiylik 
21.Voqelikning tuzilishini aks ettiruvchi kategoriyalar turkumiga 
quyidagilar ...................... kiradi.
a) mazmun va shakl, butun va bo’lak, struktura, element.
b) yakkalik, xususiylik va umumiylik 
v) mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, imkoniyat va voqelik
g) tasodif va zaruriyat, imkoniyat va voqelik
22.Narsa, hodisa, jarayonlarning taraqqiyoti bilan aniqlanadigan, ichki 
muhim bog’lanishlar orqali qonuniy kelib chiqadigan va shuning uchun yuz 
berishi muqarrar bo’lgan hodisa qanday nomlanadi? 
a) mazmun
b) xususiylik
v) zaruriyat
g) tasodif
23.Imkoniyat bilan voqelik o‘rtasida dialektik bog‘lanish nimada?
a) ularning bir-biriga o‘tib turishi, imkoniyatlarning ma’lum shart-sharoitlarda 
voqelikka aylanishi,
b) voqelikning yangidan-yangi imkoniyatlar yaratishida. 
v) ziddiyatli jarayon ekanligida 
g) a va b javoblar to’g’ri 
24.Formal imkoniyat nima?
a) voqelikka aylanishi uchun hech qanday shart-sharoitga ega bo‘lmagan 
imkoniyatlardir 
b) amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to‘la bo‘lmagan imkoniyat, Real 
imkoniyat — barcha zarur shart-sharoit mavjud bo‘lgan imkoniyatdir. 
v) abstrakt imkoniyatning real imkoniyatga aylanishidir 
g) ichki muhim bog‘lanishlar orqali qonuniy kelib chiquvchi imkoniyatlardir. 
 




258
 
 
 
 
UCHINCHI BO’LIM: GNOSEOLOGIYA - BILISH NAZARIYASI 
 
VI-BOB: BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA 
YO’NALISHLARI 
 
6.1.Bilishning mazmun va mohiyati
 
Dunyoni bilish masalasi doimo falsafa fanining diqqat markazida bo’lib 
kelgan. Qadimgi faylasuflar ham dunyoni bilish mumkinligini e’tirof qilganlar. 
Masalan, atomistik nazariyaning asoschilaridan biri bo’lgan Demokrit olamni 
bilish va haqiqatga erishish mumkinligini ta’kidlaydi. U bilish jarayonida hissiy 
organlarimiz va tafakkur rolini oddiy va sodda holda ko’rsatadi. 
Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkirlar Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn 
Sino, Mirzo Ulug’bek va boshqalar ham o’z asarlarida dunyoni bilishning, bilish 
jarayonida hissiy organlar bilan aqlning roli haqida qimmatbaho fikrlarni olg’a 
suradilar. 
Bilish nazariyasining rivojlanish tarixida XVII-XVIII asr faylasuflari muhim 
o’rin tutadi. Ular agnostitsizm, skeptitsizmni qattiq tanqid qilib, olamni bilish 
mumkinligini ta’kidlaydilar. Masalan, ingliz faylasufi Bekon ta’limoticha, bilish 
jarayoni fan va amaliyot bilan bog’liq bo’lishi va shularga bevosita xizmat qilishi 
kerak. Bekon bilish nazariyasida empirik edi. U, bilish sezishdan boshlanadi,- 
deydi -hamda bilishning manbai tajriba ekanligi haqidagi g’oyani ilgari suradi. 
Uning fikricha, ob’ektiv mavjudlik to’g’risidagi bilimlar sezgilarimiz orqali 
olingan dalillar tufayligina tafakkur yordamida to’ldiriladi. 
Frantsuz faylasufi Dekart esa bilishning birdan bir manbai tafakkur deb
sezgi organlarimiz va ularning yordamida olinadigan ma’lumotlarga shubha bilan 

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin