292 ochishga imkon beradi. Ilmiy bilish usuli tadqiqot turlarining mazmun va
izchilligini o’z ichiga olgan holda amalda bajarilgan faoliyatining ta’siri sifatida
yuzaga chiqadi. Usul — ilmiy bilishning tarkibiy qismi bo’lib, uning ob’ekti, tahlil
mavzui, tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo’lgan vositalarida
ifodalaydi.
Har bir fan ob’ektini o’rganuvchi predmetning aniq izlanish usuli bo’lib, bu
usul xususiy, umumiy va eng umumiy usul bo’lishi mumkin. Ilmiy bilish
masalasida usul muammosi bilan eng qadimgi falsafada Arastu shug’ullangan.
Birinchi marotaba fanni usul tizimi asosida o’rganish masalasini ingliz faylasufi
F.Bekon ilgari surgan. U ilmiy bilishning induktiv va empirik usuliga asos solgan.
R.Dekart esa bilimda ob’ekt bilan sub’ekt munosabati masalasida tafakkurning
o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatgan. I.Kant bilishni aloxida shakllariga ega
bo’lgan o’ziga xos faoliyat sifatida tahlil qilishga asos soldi. Bu masalani hal
etishda ayniqsa Gegel qarashlari aloxida ahamiyat kasb etadi. U bilishning,
umuman ma’naviy faoliyatning umumiy usulda — dialektikaning rolini garchi
idealistik asosda bo’lsada, ko’rsatib beradi.
Ilmiy tadqiqot jarayonida bilishning aniq shakli va usullaridan foydalanish
orqali ilmiy bilimlar vujudga keladi, rivojlantiriladi. Har bir bilim sistemasida
ilmiy tadqiqot jarayonida kelib chiqqan muammo yoki masalaning qo’yilishi va hal
qilishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida
vujudga keladi, rivojlanadi. Shuning uchun ham har bir fanning o’z predmeti va
tadqiqot usuli mavjuddirki, ular o’zi o’rganayotgan ob’ektga nisbatan maxsus
amaliy va nazariy tadqiqot usuli asosida yondashadi.
Demak, ilmiy bilish jarayonida har bir fan o’zining maxsus xususiy
usullarini ishlab chiqishi zarur, shu bilan birga o’zining ma’lum tadqiqot ob’ektiga
ega bo’lishi kerak. Lekin ba’zi bir fanlar bir-biriga yaqindir. Shu sababga ko’ra,
ularning tadqiqot usullari ham bir-biriga yaqindir va tatbiq qilish chegarasiga ko’ra
bir-biriga samarali foyda keltirishi mumkin. Demak, bilishda xususiylik va
umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar ham mavjuddir. Ko’pchilik fanlarda