Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   466
TATU Falsafa

29
 
Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy 
oqimlar, mazhab va sektalar o’rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara 
doirasidan chiqib qonli to’qnashuvlar, ommaviy qirg’inlarga sabab bo’lmoqda, 
odamlar boshiga behisob qayg’u-kulfatlar solmoqda
1

Ana shunday vaziyatda aholini, birinchi navbatda yosh avlodni kamol toptirish, 
ularning dunyoqarashini rivojlantirish, qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z 
Vataniga mehr-sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va 
umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. “
Bizni
,- 
deydi 
Sh.M. Mirziyoyev
, - 
hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – 
bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, 
dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu 
o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar 
o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham 
unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning 
qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin

2
. Shunday 
ekan, biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosini, zamonaviy dunyoqarashi, 
ma’naviy kamoloti uchun doimo qayg’urishimiz, kurashmog’imiz zarur. 
Inson o’z amaliy faoliyati va ilmiy bilish jarayonida falsafa fanining rang-
barangligini, barcha tomon va xususiyatlarini hisobga olishi, ularni aniqlashi va 
anglashi lozim. Tabiat va ijtimoiy fanlarning eng keyingi yutuqlari mavjud, olamdagi 
o’zaro aloqalar, ular asosida yotuvchi qonunlar va juda murakkab va ko’p qirrali 
ekanligi, shuningdek, bu jarayonlar to’g’risidagi bilimlarimiz nisbiy o’zgaruvchan 
ekanligidan dalolat bermoqda. Moddiy olamdagi bu umumiy aloqa va 
qonuniyatlarning murakkab shakllari falsafaning qoidalarida mumkin qadar to’la 
va chuqurroq aks etishini hisobga olish lozim. Bu ilmiy bilishning yagona, to’g’ri 
va zaruriy shartidir. 

1
Qarang: 


Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-Jild.- 
T.:“O’zbekiston”,1999.-85-bet. 
2
Mirziyoyev Sh.M. Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – 
davr talabi" mavzusida anjumandagi nutqi// “Xalq so’zi”, 2017 15 iyun.





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin