Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix30.01.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#51831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
aviakassa malumotlar bazazi bilan ishlovchi dastur yaratish

MBBT tillari haqida ma’lumot. 

SQL  -  kompyuter  berilganlar  bazasida  saqlanuvchi  ma’lumotlarni  qayta 

ishlash  va  o‘qish  uchun  muljallangan  instrumentdir.  SQL  –  bu  strukturlashgan 

so‘rovlar  tilining  (Structured  Query  Language)  qisqartirilgan nomlanishidir.  SQL 

abbreviaturasi odatda “sikvel” deb o‘qiladi. Ba’zi xollarda, “ESKYUEL” talaffuzi 

xam  SQL  abbreviaturasini  o‘qishda  ishlatiladi.  Nomlanishidan  ko‘rinib  turibdiki, 

SQL  foydalanuvchining  berilganlar  bazasi  bilan  o‘zaro  aloqasini  tashkil  etish 

uchun qo‘llaniluvchi dasturlashtirish tilidir. Xaqiqatda esa SQL faqat relyasion deb 

nomlanuvchi bir turdagi berilganlar bazasi bilan ishlaydi. 

Hozirda  bu  til  MBBT  foydalanuvchilariga  taqdim  etayotgan  barcha 

funksional imkoniyatlari qo‘llanilmoqda. Bu imkoniyatlar quyidagilardir:  

1.  Ma’lumotlar  strukturasini  tuzish.  SQL  foydalanuvchilarga  ma’lumotlar 

strukturasini  tuzish,  o‘zgartirish  xamda  berilganlar  bazasi  elementlari  o‘rtasida 

aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini beradi.  

2.  Ma’lumotlarni  o‘qish.  SQL  foydalanuvchi  yoki  dasturga  berilganlar  bazasida 

saqlanuvchi ma’lumotlarni o‘qish va ulardan foydalanish imkonini beradi. 




 

 

3.  Ma’lumotlarni  qayta  ishlash.  SQL  foydalanuvchiga  yoki  dasturga  berilganlar 



bazasini  o‘zgartirish,  ya’ni  unga  yangi  ma’lumotlar  qo‘shish,  mavjud 

ma’lumotlarni o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradi. 

4.  Berilganlar  bazasini  ximoyalash.  SQL  yordamida  ma’lumotlar  bazasi 

foydalanuvchilarini  undagi  ma’lumotlarni  o‘qish  va  o‘zgartirish  imkoniyatlarini 

chegaralab  qo‘yish  mumkin.  Bu  orqali  ruxsat  berilmagan  foydalanuvchilardan 

axborotlar ximoyalanadi.  

5.  Ma’lumotlardan  birgalikda  foydalanish.  SQL  ma’lumotlardan  birgalikda 

foydalanishni koordinatsiya qiladi, bu esa paralel ishlayotgan foydalanuvchilar bir-

birlariga xalaqit bermasdan berilganlar bazasidagi ma’lumotlardan foydalanishlari 

imkonini beradi. 

6.  Ma’lumotlar  yaxlitligini  ta’minlash.  SQL  berilganlar  bazasini  yaxlitligini 

ta’minlashga imkon beradi va unda noo‘rin o‘zgartirishlar qilishni oldini oladi.  

MySQL  ni  faqat  mSQL  kamchiliklariga  javob  sifatida  qarash  noto‘g‘ridir. 

Uning  ixtirochisi  Maykl  Videnius  (+  yana  Monty  sifatida  ma’lum)  shved 

kompaniyasi  TsX  xodimi  ma’lumotlar  bazasi  bilan  1979  yildan  beri  ishlaydi. 

Yaqin  paytgacha  Videnius  TsX  da  faqat  dasturchi  edi.  1979  yilda  firma  ichida 

foydalanish  uchun  UNIREG  nomli  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  vositasini 

yaratdi. 1979 yildan so‘ng UNIREG bir necha tillarda yozildi va katta ma’lumotlar 

bazalarini qo‘llash uchun kengaytirildi. Bitta dastur bajarilayotgan har bir jarayon 

bu  dastur  nusxasi  deyiladi,  chunki  xuddi  o‘zgaruvchi  nusxasi  kabi  xotiradan  joy 

oladi.  1994  yilda  TsX   WWW  uchun  Amaliy  dasturlar  yarata  boshladi  va  bu 

loyihani  qo‘llashda  UNIREG  dan  foydalandi.  Baxtga  qarshi,  UNIREG  katta 

harajatlar  talab  qilgani  uchun,  undan  veb-sahifalarni  dinamik  generatsiya  qilish 

uchun muvaffaqiyatli foydalanib bo‘lmadi. Va TsX shundan so‘ng SQL va mSQL 

ga murojaat qildi Lekin o‘sha paytda mSQL faqat 1.x relizlari shaklida mavjud edi. 

Yuqorida aytganimizdek mSQL 1.x versiyalari hech qanday indekslarni qo‘llamas 

edi 

va 


shuning 

uchun 


UNIREG 

dan 


unumdorligi 

past 


edi.  

Videnius  mSQL  avtori  s  Xyuz  bilan  bog‘landi  va  mSQL  ni  UNIREG  dagi  V+ 

ISAM qayta ishlovchisiga ulash fikri Bilan qiziqtirmoqchi bo‘ldi. Lekin Xyuz shu 

paytga keldib mSQL 2 yaratish yo‘lida anchaga ketgan va indekslar Bilan ishlash 

vositalarini  yaratgan  edi.  TsX  o‘z  talablariga  ko‘proq  mos  keluvchi  ma’lumotlar 

bazalari serverini yaratishga qaror qildi. TsX xodimlari Yangidan velosiped ixtiro 

qilib  o‘tirmadilar.  Ular  UNIREG  ni  asos  qilib  oldilar  va  soni  oshib  borayotgan 

o‘zga dasturchilar utilitalaridan foydalandilar. O‘z tizimlari uchun boshida mSQL 

uchun  yaratilgan  API  bilan  deyarli  ustma-ust  tushuvchi  API  yaratdilar.  Natijada 

Yangi  kengroq  imkoniyatga  ega  TsX  ma’lumotlar  bazasiga  o‘tmoqchi  bo‘lgan 

mSQL  foydalanuvchisi  o‘z  kodiga  juda  kam  o‘zgartirish  kiritishi  talab  qilinardi. 

Shu  bilan  birga  Yangi  ma’lumotlar  bazasi  kodi  to‘la  original  edi.  1995  yil  may 




 

 

oyiga kelib TsX kompaniya ichki talablarini qanoatlantiruvchi ma’lumotlar bazasi, 



- MySQL 1.0 ga ega edi. Firma biznes-partneri Detron HB dan David Aksmark 

(David Axmark) TsX ga o‘z serverini Internetda ko‘rsatishni taklif qildi. Serverni 

Internetda ko‘rsatishdan maqsad  - birinchi bo‘lib Aladdin Peter Deych (Aladdin 

Peter Deutsch) qo‘llagan biznes modelldan foydalanishdir. Natijada MySQLni  

mSQL ga nisbatan «tekinroq» qiluvchi o‘ta moslashuvchan avtorlik huquqlari 

olindi.  Nomiga  kelganda  Videnius  bu  haqida  shunday  deydi:  «Xozirgacha 

noma’lum MySQL nomi qaerdan kelib chiqqani. TsX da asosiy kattalog, hamda 

bibliotekalar va utilitalar ko‘p qismi bir necha o‘n yildan beri «mu» prefiksiga ega. 

Shu  bilan  birga  mening  qizim  (bir  necha  yilga  kichik)  ismi  ham  May  (My). 

Shuning  uchun  haligacha  sir,  bu  ikki  manbaning  qaysi  biri  MySQL  nomini 

bergan».  

MySQL ni Internetda e’lon qilingandan beri u ko‘pgina UNIX-tizimlarga, Win32 i 

OS/2 ga ko‘chirildi. TsX fikricha, MySQL ni 500 000 ga yaqin serverlar ishlatadi. 



 

 


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin