Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «vlsi tizimini loyihalashtirish» fanidan amaliy mashg


 ALT P-CAD-2006 dasturiy modullarining xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/68
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
1.3. ALT P-CAD-2006 dasturiy modullarining xususiyatlari. 
Schematic va PCB – elektr prinsipial sxematmalar va elektron bosma 
platalar yaratish uchun grafik muharrirlar hisoblanadi. Ob'ektlarni Windows-ning 
almashish buferiga nusxalash ularni nafaqat bir ma’lumotlar bazasidan 
ikkinchisiga o‘tkazish, balki ularni boshqa Windows dasturlarida ham, masalan, 
texnik hujjatlarni chiqarish uchun MS Word da joylashtirish imkonini beradi. 
Kursorni siljitish orqali tanlangan ob'ektning o‘lchamini o‘zgartira olish 
(bularga chiziqlar, o‘tkazgichlar, shinalar, yoylar va ko‘pburchaklar kiradi) foydali 
imkoniyatlaridan biridir. Komponenta sxemaga joylashtirilsa, unga mos shartli 
belgisini tasviri oynada ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, raqamli intagral 



mikrosxemalar(RIS) shartli belgisining uchta grafik tasvir varianti mavjud: 
Normal
- AQSh standartidagi normal, 
DeMorgan
- mantiqiy funktsiyalarni belgisi, 
IEEE
- Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti standartida tasvirlash. 
Windows asboblari yordamida ko‘p oynali interfeys amalga oshirilb, bitta ekranda 
sxematik va bosma plata chizmalarini ko‘rish va plata jizmasida ajratilgan 
sxemadagi ulanishlarni aniqlash imkonini beradi. True Type shriftlaridan 
foydalanish sxemalar va bosma platalarga mahaliy yozuvlarni qo‘llash imkonini 
beradi. 
P-CAD-2006 uni boshqa kompyuter paketlaridan ajratib turadigan 
tamoyillardan foydalanadi. Xususan, ierarxiyaning quyi darajalaridagi barcha 
elementlarga kirish mumkin, masalan, elektron bosa plata bilan ishlashda 
komponentlar korpuslarining kontakt maydonchalarining pin tartibini va 
grafikasini o‘zgartirish mumkin. 
P-CAD-2006 BPni ishlab chiqish sifatini yaxshilash xususiyatlariga ega. 
Foydalanuvchi maxsus ma’lumotlarni o‘rnatish, ularga nom berish, raqamli yoki 
matnli qiymatlarni kiritish va sxematik yoki elektron bosma plata chizmasida 
ozodlik bilan joylashtirish imkoniyatiga ega. Chizmaning asosiy hujatida ishlab 
chiquvchi va rahbarning nomi, kompaniyaning nomi, tuzilgan va tuzatishlar sanasi 
va h.k. kiritish mumkin. Hujjatlarni chop etishdan oldin bir yoki bir nechta 
sahifalarni ko‘rishingiz mumkin. 
Sxemani faylarga ko‘chirish va joylashtirish buyruqlari (
Paste Circuit
va 
Paste Circuit From File
)ob'ektlarni (xususan, tarmoqlar va shinalarni) nusxalash 
imkoniyatlarini kengaytiradi, shu bilan birga tarmoqlar va komponentlar orasidagi 
elektr aloqalarini saqlaydi (shu bilan birga, maxsus atributlar ham nusxalanadi va 
nomlarga nusxa ko‘chirish haqida maxsus ma’lumotlar qo‘shiladi). 
P-CAD-2006da joriy sahifadan tashqari bo‘shqa sxematik sahifalarni 
o‘chirish mumkin. Bundan tashqari, sahifalar ro‘yxat tartibini o‘zgartirishingiz 
mumkin. 
Library Executive (kutubxona menejeri) dastur modulida har bir elektron 
komponenta shartli belgisi korpusning bir nechta variantlari bilan bog‘lanishi 



mumkin. Kutubxonalar grafik muharrirlar yordamida osonlikcha to‘ldiriladi va 
komponentlarning biriktirilishi, pinlarning(oyoqchalar) mantiqiy ekvivalentligi va 
h.k. kutubxonani boshqarish tomonidan muvofiqlashtiriladi. Komponentlarning 
qadoqlanishi va ularning atributlari haqidagi barcha matnli ma’lumotlar ko‘rish va 
tahrirlash uchun qulay bo‘lgan ikkita jadvalga kiritilgan. Shunday qilib, bu 
ma’lumotlarning noto‘g‘ri kiritilishidagi xatolar istesno qilingan. Oldindan 
yaratilgan kutubxonalar elementlarining atributlarini ma’lum mexanizmlar orqali 
tizimlashtirish 
va 
unifikatsiya 
qilish, 
keyinchalik 
integratsiyalashgan 
kutubxonalarga qo‘shilish imkoniyati mavjud. 
Library Executive
funktsiyalariga - 
qidiruv vositalari, komponentlar atributlarini import qilish, kutubxonalar va 
loyihalarni tekshirish kiradi. 
Library Executive
komponenta shartli belgilarini va 
korpuslari oyog‘larining mosligi tekshirish, xaritalab ro‘yxatini yaratishga imkon 
beradi hamda komponentlarning parametrlarini ko‘rich imkonini yaratadi. Elektron 
jadvalda bir vaqtning o‘zida bir nechta tanlangan parametrlar yachekalarini 
tarkibini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Barcha 
Pins

Pattern
va 
Symbol
elektron 
jadvallarda 
Pad Number
ustuni mavjud bo‘lib, mos oyog‘larni nomerini aniqlaydi. 
Barcha kutubxona fayllarini ko‘rib chiqish va barcha mumkin bo‘lgan atributlar 
uchun shartli belgilar va komponentalar namunalarini yaratish uchun hamda 
komponentlarni qidirish vositalari mavjud. Maxsus xususiyati - bu 
Symbol Editor
va 
Pattern Editor
komponentlarining shartli belgilar va korpuslarni yaratish uchun 
yaratish “usta”laridan foydalanishdir. 
PCB taxrirlagichida bosma plata konturini yaratish uchun yangi asboblar 
to‘plami joriy etilgan. P-CAD 2006 ning Joylashtirish asboblari (
Placement 
Toolbar
) paneliga ikkita yangi vositani taqdim etilgan: 
Place Board Outline
– 
bosma plata konturini yaratish va Bosma platani qirqib tashlanuvchi qismi (
Place 
Board Cutout
)- taxta konturidagi montaj va boshqa teshiklarni loyihalash. Ilgari, 
ushbu protsedura 
Board
qatlamida chiziqlar chizish orqali amalga oshirilardi va 
ko‘plab kamchiliklarga ega edi, ular tavsiflangan komponentlarni qo‘shish orqali 
bartaraf etildi. Ushbu vositalardan foydalanish "
Plast line
" buyrug‘iga qaraganda 
osonroq. 



P-CAD-2006da VPA tizimi yordamida komponentlarni interaktiv 
joylashtirish imkoniyatlari hosil qilingan. VPA tizimi (
Visual Placement Area

komponentlarning joylashishini vizual texnologiyasi) komponentlarni to‘g‘ridan -
to‘g‘ri PCB ishchi maydoniga interaktiv joylashtirish imkonini beradi. VPA 
o‘rnatilgan o‘zaro komponentlarning maydonidan xoli joylashtiriladigan 
komponent uchun ruxsat etilgan maydonni ko‘rsatadi. VPA jismoniy (
Physical
)
va elektr (
Electrical
) atributlarini, shuningdek xonanlarni (
Room
) kuzatib boradi. 
Har bir qoida turi uchun ruxsat etilgan joylashtirish maydonining rangini 
belgilashingiz mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin