Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «vlsi tizimini loyihalashtirish» fanidan amaliy mashg


 SNT -ni FPGA -da apparat yordamida yaratishning afzalliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/68
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209951
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
8.3. SNT -ni FPGA -da apparat yordamida yaratishning afzalliklari. 
Sun'iy neyron tarmoqlarni amalga oshirishning ikkita usuli bor - apparat va 
dasturiy ta’minot. Dasturiy ta’minotda yaratilgan SNT, apparat ko‘rishidagidan 
tezligi va avtonomligi jihatidan boy bersa ham, axborotni boshqarish tizimida 
foydalanish va yaratish qulayligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator aniq afzalliklarga 
egadir. 
Biroq, maxsus uskunalar bilan NT yaratish muayyan holatlarda alohida 
afzalliklarga ega. SNT-ni apparat vositalarining asosiy afzalliklari tezlik, 
ishonchlilik, xavfsizlik va qo‘shimcha ish rejimlarini o‘z ichiga olganlidadir. 
FPGA-da neyron tarmoqlarini apparat ko‘rinishida yaratishiga kelsak, u 
maxsus DSP-protsessorlaridan (seriyali ishlab chiqarilganligi sababli) va ASIC-
mikrosxemalaridan (ular qayta konfiguratsiya qilinmaganligi sababli) ancha ijobiy 
farq qiladi. NT yaratishda FPGA -ni qo‘llash, neyronlarning parallel arxitekturasini 
aniqroq aks ettiradi va butun NTni hamda uning tarkibiy qismlarini SNT 
moslashtirib qayta sozlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, FPGA -larda NT 
yaratish, nisbatan arzon narxlari sababli, kerakli tizimni tez va arzon amalga 
oshirish imkonini beradi. 


131 
8.3.1. Sun'iy neyronning matematik modeli. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, sun'iy neyron - har qanday sun'iy neyron 
tarmoqning tashkil qiluvchi tuguni bo‘lib, biologik neyronning ancha 
soddalashtirilgan modelidir. Biologik neyron tarmog‘ida sodir bo‘layotgan 
jarayonlarni yaxshiroq tushunish uchun McCulloch va Pitts 1949 yilda neyronning 
matematik modelini ishlab chiqishgan va u hozir ham qo‘llanilmoqda. 
Matematika jihatidan, sun'iy neyron odatda barcha kirish signallarining 
chiziqli kombinatsiyasi asosidagi bitta argumentning chiziqsiz funktsiyasi sifatida 
ifodalanadi. Bu funksiya faollashish funktsiyasi, otish funktsiyasi yoki neyronning 
uzatish funktsiyasi deb ataladi. Olingan natija neyronning yagona chiqishiga Y 
yuboriladi. Sun'iy neyronning matematik modeli 8.5 rasmda ko‘rsatilgan. 
8.5-rasm. Sun'iy neyronning matematik modeli. 
Bu model amalga oshiradigan funksiya: y = f
trans
(∑X
i
W
i
+ b). Barcha x
i
kirishlari og‘irliklari w
i
qiymatlariga ko‘paytirilib yig‘iladi (qo‘shiladi) va b 
qiymati bilan to‘ldiriladi. Keyin natija aktivizatsiya funktsiyasi yordamida neyron 
chiqishiga yuboriladi. 
Qo‘shimcha b-ning qiymati neyronni ishga tushirish uchun ishlatiladi. Yaniy 
bu koeffisient neyronni faollashish funktsiyasining gorizontal o‘q bo‘ylab siljishini 
anglatadi shu sabbab siljitish koeffisenti deb ham nomlanadi va neyronning 


132 
kirishidagi tasodifiy, o‘zgarmas ta’sirni mavjudligini hisobga olib, sezuvchanlik 
chegarasini shakllantiradi. Siljitishni har doim yuklangan qo‘shimcha sinapsdagi 
signal sifatida qarash kerak (sinapslar - neyronlarning chiqish signallari 
boshqalarning kirishiga boradigan ulanishlaridir). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin