Kompleks birikmalar kimyosi fani


Koordinatsion birikmalarda izomeriya hodisasi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/44
tarix17.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#115398
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
kompleks birikmalar kimyosi

Koordinatsion birikmalarda izomeriya hodisasi. 
 
Koordinatsion birikmalarda xuddi organik birikmalardagi kabi izomeriya hodisasi keng tarqalgan. 
Ularda uchraydigan izomeriyani ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchisi t u z i l i sh i z o m ye r i ya s i va ikkinchisi s t ye r ye o i z o m ye r i ya d i r. birinchi 
gruppaga a) koordinatsion izomeriya, b) ionlanish izomeriyasi, v) gidrat izomeriya, g) 
koordinatsiyali polimerlanish, d) bog‘lanish izomeriya, ye) о‘rinbosar izomeriya, j) ligandlar
izomeriyasi, z) konformatsion izomeriya, i) holat izomeriyasi, k) elektron izomeriya, l) 
transformatsion izomeriya va m) formal izomeriyalar kiradi. 
Ikkinchi gruppaga: a) geometrik izomeriyaning sis ― va trans – holatlari, b) optik izomeriya kiradi. 
Ularni alohida – alohida kо‘rib о‘tamiz. 
Koordinatsion izomeriY. Koordinatsion birikmalarni tashkil etgan tarkibiy qismlari uning ichki 
qavatlarida turlicha joylashishi mumkin. Bu turdagi izomeriya turli markaziy ionlari va 
ligandlaribо‘lgan ikkita kompleks iondan tuzilgan birikmalarda uchraydi. Masalan, [Cr (NH
3
)

] · [Co 
(C
2
O
4
)
3
] geksaamminxrom (III) – trioksalat kobalt (III) – dan tashkil topgan, u och – yashil rangli 
yaproqchalar shakliga ega ; uning izomeri [Co (NH
3
)
6
] [Cr (C
2
O
4
)
3
] geksaamin kobalt (III) -, 
trioksalat xrom (III) – esa yashil rangli ignasimon kristallardan iborat. 
Ionlanish izomeriyasi. Bir xil tarkibli, lekin eritmada boshqa – boshqa ionlarga parchalanadigan 
koordinatsion birikmalar ionlanish izomeriyasi uchun misol bо‘la oladi. Masalan, [Co (NH
3
)
5
Br] 
SO
4
va [Co (NH
3
)
5
SO
4
] Br о‘zaro ionlashgan izomerlardir. Birinchi tuzning suvdagi eritmasiga bariy 
xlorid qо‘shilganda chо‘kma tushadi, ikkinchi tuz eritmasi bariy ioni bilan chо‘kma bermaydi. 
Gidrat izomeriY. Bir xil tarkibga ega bо‘lib, о‘z tarkibidagi suv molekulalarining joylanishi bilan bir 
– biridan farqlanadigan moddalar gidrat izomerlar deb ataladi. Masalan, xrom (III) – xloridning 
geksagidrati CrCl
3
· 6H
2
O uch modifikatsiyada uchraydi. 


Ulardan birinchisining suvdagi eritmasi och – binafsha rangli ; agar bu eritmaga kumush nitrat 
qо‘shsak, koordinatsion birikma tarkibidagi xlorning hammasi kumush ioni bilan bog‘langan holda 
chо‘kmaga tushadi; eritmaning molekulyar elektr о‘tkazuvchanligi 4 ta ionga parchalanadigan 
elektrolit eritmasining molekulyar elektr о‘tkazuvchanligiga yaqin keladi. Demak, xlor ionlari 
koordinatsion birikmaning tashqi sferasiga joylashib, suv molekulalari ichki sferani band qiladi; 
uning formulasi [Cr (H
2
O)
6
Cl
3
. ikkinchi tuzning suvdagi eritmasi yashil rangli, unga AgNO
3
qо‘shsak, barcha xlor ionlarining faqat uchdan bir qismi kumush xlorid holida chо‘kadi. Demak, 
uning tashqi sferasida 1 xlor ioni va 2 molekula suv bо‘ladi, ya’ni [Cr (N
2
O)
4
Cl
2
] Cl
2
· 2H
2
O. 
Uchinchi izomer ham yashil rangli eritma hosil qiladi. Uning eritmasiga kumush nitrat qо‘shsak, 
xlorning uchdan ikki qismi chо‘kadi. Uning formulasi [Cr (H
2
O)
5
Cl] Cl
2
· H
2
O bо‘ladi. 
Shuni ham aytib о‘tish kerakki, bunday izomeriya faqat tuzlarning gidratlarida uchrabgina qolmay, 
balki suv, piridin va boshqa moddalar bо‘lganda ham uchrashi mumkin. 
Koordinatsiyali polimerlanish. Koordinatsion polimer kompleks birikmalar о‘zaro bir – biridan faqat 
ligandlarning joylashishi bilan emas, balki о‘zining molekulyar massasi bilan ham farq kiladi. 
Koordinatsiyali polimerlanish kobalt, xrom, rodiy va boshqa elementlarning kompleks birikmalarida 
kо‘p uchraydigan hodisadir. Masalan, empirik formulasi [Pt (NH
3
)
2
Cl
2
] bо‘lgan modda 4 shaklda 
uchraydi : 1) [Pt (NH
3
)
2
Cl
2
], 2) [Pt (NH
3
)
4
[PtCl
4
], 3) Pt (NH
3
)
4
] · [Pt (NH
3
) Cl
3
]
2
, 4) [Pt (NH
3
)
3
Cl]
2
[PtCl
4
]. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin