Kompleks birikmalar kimyosi fani


Kovalent bog‘lanish nazariyasi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/44
tarix17.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#115398
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
kompleks birikmalar kimyosi

Kovalent bog‘lanish nazariyasi. 
Lyuis nazariyasiga muvofiq kovalent bog‘lanish hosil bо‘lganida о‘zaro birikuvchi atomlar orasida 
umumlashgan elektron juftlar hosil bо‘ladi. Koordinatsion kovalent bog‘lanishda esa, elektron juftlar 
reaksiyadan avval о‘zaro birikuvchi zarrachalarning birida bо‘ladi, keyin umumiy bо‘lib qoladi 
(donor – akseptor bog‘lanish). Masalan, ammiak kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda ammiakning 
azot atomidagi elektron jufti vodorod ioni bilan ammiak о‘rtasida umumiy bо‘lib qoladi. 
NH
4
+
dagi barcha N – H bog‘lanishlar bir – biridan sira farq qilmaydi. Bu reaksiyada ammiak 
molekulasidagi azot atomi donor, vodorod ioni esa akseptor vazifasini bajaradi. Ammiak molekulasi 
о‘zining elektron juftini vodoroddan boshqa ionlarga ham berishi mumkin. Masalan:
G.Lyuis bu reaksiyalarni k i s l o t a bilan a s o s n i n g о‘zaro ta’sirlanish reaksiyasi deb qaradi. 
G.Lyuis nazariyasiga muvofiq, k i s l o t a deganda о‘ziga elektron juftlarini q о‘ sh i b o l i sh q o b 
i l i ya t i g a ega bо‘lgan m o d d a n i tushunish kerak; a s o s e s a о‘zidan e l ye k t r o n j u f t 
l a r b ye r i sh g a q o b i l m o d d a d i r . Yuqoridagi misolda Cu
2+
kislota va NH

asos rolini 
bajaradi. Lyuis nazariyasining koordinatsion birikmalarga oid qismlarini Sidjvik rivojlantirdi. Uning 
fikricha, koordinatsion birikmalar hosil bо‘lganda markaziy ionning barcha elektronlari bilan 
ligandlar bergan barcha elektronlar yig‘indisi (bu yig‘indi e f f ye k t i v a t o m raqami nomini 
olgan) ayni markaziy ionga yaqin turgan inert gazning tartib raqamiga teng bо‘lishi kerak. Masalan, 
K
4
[Fe (CN)
6
] dagi Fe
2+
ionining 24 elektroni bor, unga birikkan oltita CN 

ionida 12 ta elektron 
bor, ularning yig‘indisi 24 + 12 = 36 dir. Bu son kriptonning tartib raqamiga teng. 
Sidjvik nazariyasi juda sodda va tushunarli bо‘lib kо‘rinsa ham juda kо‘p koordinatsion 
birikmalarning tuzilishini tо‘g‘ri izohlay olmadi va uning о‘rnini valent bog‘lanishlar nazariyasi 
egalladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin