Kompleks sonlar haqida asosiy
tushunchalar
Kompleks sonlar tushunchasi
Ma’lumki kvadrat tenglamalarni yechishda ba’zida ildiz ostida manfiy son hosil bo’lib qoladi, ya’ni kvadrat tenglamaning diskriminanti manfiy sondan iborat bo’ladi:
Bunda ildiz ostidan haqiqiy sonni chiqarish mumkin emas, u holda berilgan kvadrat tenglama ildizga ega emas. Shu vaqtgacha kvadrat ildiz chiqarish faqatgina musbat haqiqiy sonlar uchun aniqlanganligi o’qtirib kelingan. Manfiy haqiqiy sonlardan ildiz chiqarish ma’noga ega emas, ya’ni manfiy haqiqiy sonning kvadrat ildizi haqiqiy son bo’lmasligi mumkin.
Diskriminanti manfiy sondan iborat bo’lgan kvadrat tenglamani yechish uchun sonlar tushunchasini kengaytirish lozim bo’ladi. Bunday holda haqiqiy sonlar to’plamiga kvadrati -1 ga teng bo’lgan yangi i sonini kiritish maqsadga muvoffiq bo’ladi. Bu sonni mavhum birlik deb atash kabo’l qilingan. U holda quyidagi tenglik o’rinli bo’ladi:
i2=-1
Dostları ilə paylaş: |