Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə52/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

PS
arbolitO‘zbekis-
ton

O‘rtacha zichligi,
kg/m3

600-700

550-600

600-800

750-1200

500-850

Siqilishdagi
mustahkamligi, MPa

1.5-3.5

-

1.8-2.5

2.6-5.6

0.5-3.5

Egilishdagi
mustahkamligi, MPa

0.9-1.2

1.2-2.2

1.4-1.6

-

0.7-1.0

Issiqlik o‘tkazish koeffitsienti,
Vt/(m.K)

0.09


0.09


-


-


0.08-0.16



Sovuqqa
chidamliligi, sikl

-

-

-

-

25-50



Fibrolit, arbolit va yog‘och tolali plitalar


Arbolit va fibrolit. Arbolit - bu oldindan minerallashtiruvchi modda asosida ishlov berilgan o‘simlik turdagi to‘ldiruvchi asosidagi yengil beton. U sanoat, fuqaro va qishloq xo‘jaligi qurilishlarida panel va devor, to‘siqlar uchun bloklar, binolarni yopish plitalari, issiqlik-izolyatsiyalovchi va tovush-izolyatsiyalovchi plitalar ko‘rinishida ishlatiladi. Arbolitli konstruksiyalar xavosi nisbatan namligi 60%dan ko‘p bo‘lmagan binolarda ishlatiladi, bunda ko‘p namlik ta’sirida bo‘lsa, u holda bug‘dan izolyatsiyalovchi qatlam moslamasi o‘rnatilishi kerak bo‘ladi.
Arbolitga agressiv muhit va 50 0C dan ortiq va 40 0C dan kam haroratning doimiy ta’siri bo‘lmasligi lozim. Atmoefera ta’sirida turuvchi arbolitli konstruksiyalarning sirtqi qismi ekspluatatsiya qilinish rejimidan kat’iy nazar ishlov berilgan (fakturali) bo‘lishi kerak.
Doimiy massaga qadar qurutilgan arbolitning o‘rtacha zichligiga qarab u issiqlik-izolatsiyalovchi (o‘rtacha zichligi 500 kg/m3 gacha) va konstruksion turga bo‘linadi (500-850 kg/m3) (3.5-jadval).
3.5-jadval





Arbolit turi

Mustax- kamligi bo‘yicha klassi

O‘q yo‘nalishi bo‘yicha siquvdagi mustahkam lik markasi

Arbolitning o‘rtacha zichligi, kg/m3



Maydalan- gak yog‘ochda



Mayda- langan g‘o‘zapoyada



Kanop o‘zagida



Mayda- langan sholi poxolida

Teploizo- lyatsion

BO,35
VO,75 B1,0

M5
M10 MI5

400-500
450-500
500

400-450
450-500
500

- 400-450
450-500

-
- 500

Konstruk- sion

V1,25 V2,0

- M25

500-650
500-700

550-650
600-700

- 500-550

600-700
-




V2,5

M35

600-750

700-800

550-650

-




V3,5

M50

700-850

-

600-700

-

Arbolitning issiqlik o‘tkazuvchanligi to‘ldiruvchining o‘rtacha zichligi va turiga bog‘liq. O‘rtacha zichligi 400-850 kg/m3 bo‘lgan maydalangan yog‘och asosidagi arbolitni issiqlik o‘tazuvchanligi 0,08-0,17 Vt/ m°C, maydalangan g‘o‘za poyalar va guruch poxollari, zig‘ir va kanop o‘zaklari asosidagalarda - 0,07-0,12 Vt/(m oC)ni tashkil etadi.


Arbolitni mustahkamlik chegarasi uning namligiga, ayniqsa 0 dan 25% gacha bo‘lgan diapozondagi ko‘rsatkichga bog‘liq. Bu material 16-17% namlikda maksimal namlikka ega bo‘ladi. Qisqa muddatli yuk ostidagi (siqiluvchanlik ko‘rsatkichi) deformatsiya arbolitda mineral g‘ovak to‘ldiruvchili yengil
betonlarga nisbatan taxminan 8-10 marta ko‘p hisoblanadi.
126
Arbolit etarlicha katta suvshimuvchanlikga ega. Ammo bu materialning ustunligi - olgan suvni tezda qaytarishi, ya’ni tez qurushidir. Arbolitli mahsulotlarning sovuqqa chidamliligi ularni ekspluatatsiya qilish rejimi va qurilish xududidagi iqlim sharoitida kelib chiqib belgilanadi va barcha hollarda u 25 dan kam bo‘lmagan tarzda ishlatiladi.
Yog‘ochli to‘ldiruvchilarni tayyorlashda zararli ekstrakt moddalar miqdorini kamaytirish uchun boshlang‘ich mahsulot muayyan muddat omborxonalarda saqlab turiladi (ignabargli turlar-kamida 2 oy, keng bargli turlar
6 oy). Ijobiy haroratda saqlash muddati yog‘ochni keyinchalik tarashaga aylantirish sharti bilan 1 oygacha kamaytiriladi. Ayniqsa ignabargli turlar droblenkalari albatta suvda yoki mineral tuz eritmalarida namlanadi. Ular yog‘ochdagi zararli moddalar ta’sirini neytrallashtirish bilan bir vaqtda sementning qotishini tezlashtiradi.
Arbolit tarkibi xisobiy-tajribaviy usullar yordamida aniqlanadi. Sement, organik to‘ldiruvchi va suvning sarf etilishi arbolitning siqilishga bo‘lgan mustahkamligiga bog‘liq. B 0,35-Bl klassdagi issiqlik-izolatsiyalovchi arbolit uchun M400 sement sarfi 260-360 kg/m3, B 1,5 va B 2,5 klassdagi konstruksion-issiqlik izolyatsionlar uchun - 330-450 kg/m3 ni tashkil etadi. Yog‘och kesish va shox-shabbalarga ishlov berishdan olingan droblenkalarni ishlatishda sementning minimal sarfga, aralash klasslar va o‘zaklarning chiqindilaridan ishlatilganda esa -maksimal sarfga erishiladi. Kalsiy xlorid va suyuq shisha sarfi 8-9 kg/m3 dan, sulfat alyuminiyniki - 15-20 kg/m3 dan ortmaydi. Arbolit mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasi xomashyo materiallarni tayyorlash, arbolitli qorishmani tayyor qilish va uni qolipga quyish, qotirish va quritish, ishlov berish va joylashtirish jarayonlarini qamrab oladi.
Arbolitli armaturasiz mahsulotlar bilan bir qatorda po‘lat armatura bilan qotirilgan maxsulotlar ishlatiladi.
Muhitning nisbiy namligi 60% dan ortiq bo‘lganda armatura himoya beton qatlamida joylashtiriladi, bu po‘latning ishonchli himoyasini ta’minlaydi. Po‘lat
armaturani g‘ovakli betonlar singari maxsus qoplash moslamalari bilan ham muhofaza qilish tavsiya etiladi. Arbolit mahsulotlar oddiy beton va temir-beton buyumlaridek konveyer, agregat-oqim va stend texnologiyalar bo‘yicha ham ishlab chiqariladi.
Arbolit mahsulotlarni tayyorlashda qorishmani talab etiladigan o‘rtacha mustahkamlikka qadar zichlashtirish asosiy texnologik jarayon hisoblanadi. Arbolitli qorishma unga xos bo‘lgan elastik xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa turdagi to‘ldiruvchilar asosidagi betonli qorishmalarga xos qonuniyatlarga bo‘ysunmaydi. Qorishmani zichlashtirganda oddiy vibratsiya kam samarali bo‘lib, presslashda esa bosimdan keyin qorishmaning qayta o‘z holatiga qaytishi yuzaga keladi va zichlangan struktura buziladi.
Arbolit qorishmaning bu xususiyatlari yengil, elastik, g‘ovakli qorishmani tayyorlash jarayonida namlikni tez shimib oluvchi va natijada qorishmani ko‘p suv sarfida ham kam harakatlanish holatiga olib keluvchi material-yog‘ochli to‘ldiruvchi xususiyatlari bilan belgilanadi. Arbolitni mexanizatsiyalashgan zichlantirish usuliga vibroprokat, vibroshtamplash, yukli tebrantirish kiradi.
Mahsulotlarni talab etilgan mustahkamlikka erishgunga qadar issiqlik bilan ishlov berilishi texnologik jarayonning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Arbolitni betonlarga xos oddiy usulda bug‘lantirish mustahkamlikning yo‘qotilishiga olib keladi, bu beton tuzulmasini buzadigan qotiruvchi modda to‘ldiruvchisining yirik deformatsiyalari hisobiga ichki zo‘riqishlarning yuzaga kelishi bilan belgilanadi.
Eng yaxish natijalar yog‘ochga xos yumshoq rejimlar bo‘yicha past haroratli ishlov berishda - 50-60 °C va nisbatan havoning 70-80% namligida erishiladi. Bunday rejimda arbolit 18-20 soatdan keyin qolipda chiqarilib, yetarli mustahkamlikka ega bo‘ladi. Mustahkamlikni yanada oshirish va namlikni kamaytirish uchun mahsulotlar yopiq omborxonada 7 kun davomida 16-18 °C haroratda ushlab turiladi.
Arbolitni ishlatganda konstruksiyalarni montaj etishda mexnat ko‘lami kamayadi, shuningdek to‘la zavod tayyorligidagi ichki deraza va eshik bloklari, elektro‘tkazgichlar o‘rnatilgan «xona uchun» hajmdagi panellarni ishlab chiqarish imkoniyatini berladi. Arbolit keramzitga nisbatan yaxshi issiqlik-texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, bu nisbatan yupka devorlarni qurish imkonini beradi. Ayrim inshootlarda an’anaviy materiallarni arbolit bilan almashtarish bino og‘irligini 1,3-1,5 marta kamaytirish imkonini beradi. Arbolitning ishlatilishi teng termik qarshidikdagi keramzitbetonga to‘siqga nisbatan sememt sarfini 35-55 kg/m2 ga pasaytiradi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin