Komputer injinering fakulteti


Tuzilma elementlarini saralash



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə16/21
tarix13.11.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#68833
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Мустақил иш

3.1. Tuzilma elementlarini saralash
Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning informatsion 
maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu
maqsadda ma’lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu
ma’lumotlarni kalitlari bo’yicha doimiy ko’rinishda mashina xotirasida
joylashtirishdan iborat. Bu yerda doimiylik ma’lumotlarni massivda kalitlari
bo’yicha o’sishi tartibida berilishi tushuniladi. Ma’lumotlarga qayta ishlov
berilayotganda ma’lumotning informatsion maydonini hamda uning mashinada 
joylashishini (adresini) bilish zarur.
Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi:
– tashqi xotirada saralash.

Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta hajmni egallasa, u holda ularni 


almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma’nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni 
kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda 
faqatgina ma’lumot ko’rsatkichlari almashtirilib, massiv o’z joyida qoladi. Bu usul 
adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi.

Saralanayotganda bir xil kalitlar uchrashi mumkin, bu holda saralangandan keyin 


bir xil kalitlilar boshlang’ich tartibda qanday joylashgan bo’lsa, shu tartibda 
qoldirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi (Bir xil kalitlilar o’zlariga nisbatan). 
Bunday usulga turg’un saralash deyiladi. Saralash samaradorligini bir necha 
mezonlar bo’yicha baholash mumkin:

Birinchi mezonni qarab chiqaylik. Saralash bajarilganda taqqoslashlar yoki 


almashtirishlar sonini hisoblash mumkin. Faraz  qilaylik, N = 0,01n2 + 10n –
taqqoslashlar soni. Agar n < 1000 bo’lsa, u holda ikkinchi qo’shiluvchi katta,
aks holda ya’ni, n > 1000 bo’lsa, birinchi qo’shiluvchi katta bo’ladi. Demak, 
kichkina n larda taqqoslashlar soni n ga teng bo’ladi, katta n larda esa n2 ga teng 
bo’ladi.
Saralashda taqqoslashlar soni quyidagi oraliqlarda bo’ladi:
– ideal holatda.
Saralashning quyidagicha usullari bor:
iy (to’g’ridan-to’g’ri) usullar;
Qat’iy usullarning afzalliklarini ko’rib chiqaylik:

1. Bilamizki, dasturlarning o’zlari ham xotirada joy egallaydi. To’g’ridan-


to’g’ri saralash usullarining dasturlari qisqa bo’lib, ular tushunishga oson.
2. To’g’ridan-to’g’ri saralash usullari orqali saralash tamoyillarining asosiy
xususiyatlarini tushuntirish qulay.
3. Murakkablashtirilgan usullarda uncha ko’p amallarni bajarish talab 
qilinmasada, ushbu amallarning o’zlari ham ancha murakkabdir. Garchi yetarlicha
katta n larda ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar
tezroq ishlaydi.
Shu joyni o’zida qat’iy usullarni ishlash tamoyillariga ko’ra 3 ta toifaga
bo’lish mumkin:

1. To’g’ridan-to’g’ri qo’shish usuli (by insertion);


2. To’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli (by selection);
3. To’g’ridan-to’g’ri almashtirish usuli (by exchange).
6.2. To’g’ridan-to’g’ri qo’shish usuli bilan saralash algoritmi
Bunday usul karta o’yinida keng qo’llaniladi. Elementlar (kartalar) hayolan 

“tayyor” a(1),...,a(i-1) va boshlang’ich ketma-ketliklarga bo’linadi. Har bir 


qadamda (i=2 dan boshlanib, har bir qadamda bir birlikka oshirib boriladi) 
boshlang’ich ketma-ketlikdan i-chi element ajratib olinib tayyor ketma-ketlikning 
kerakli joyiga qo’yiladi.
To’g’ridan-to’g’ri qo’shish orqali saralash algoritmi quyidagicha bo’ladi:
for (int i=1;i
x=a[i];
x ni a[0]...a[i] oraliqning mos joyiga qo‘shish
}
Kerakli joyni qidirish jarayonini quyidagi tartibda olib borish qulay bo’ladi. 2-
elementdan boshlab har bir  elementni qarab chiqamiz, ya’ni har bir element 
o’zidan oldin turgan element bilan solishtiriladi. Agar qaralayotgan element kichik 
bo’lsa, oldinda turgan element bilan o’rin almashadi va yana o’zidan oldinda 
turgan element bilan solishtiriladi, jarayon shu kabi davom etadi. Bu jarayon 
quyidagi shartlarning birortasi bajarilganda to’xtatiladi:
1. x elementi oldida uning kalitidan kichik kalitli a(j) elementi chiqqanda.
2. x elementi oldida element qolmaganda.
for (int i=1;i
int j=i;
while(a[j]
int t=a[j-1];
a[j-1]=a[j];
a[j]=t;
j=j-1;

}
}


Algoritm samaradorligi


Faraz qilaylik, taqqoslashlar soni C, o’rinlashtirishlar soni M bo’lsin. Agar massiv 
elementlari kamayish tartibida bo’lsa, u holda taqqoslashlar soni eng katta bo’lib,

ga teng bo’ladi, ya’ni O (

^2)
O’rinlashtirishlar soni esa 


xam3(1) ga teng bo’ladi, ya’ni O(
^2)

Agar berilgan massiv


o’sish tartibida saralangan bo’lsa, u holda taqqoslashlar va o’rinlashtirishlar
soni eng kichik bo’ladi, ya’ni Cmin = 
=3



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin