Komputer injinering fakulteti


stek cho’qqisining ko’rsatkichi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə6/21
tarix13.11.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#68833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Мустақил иш

stek cho’qqisining ko’rsatkichi (SCHK)da saqlanadi. 
Steklarni saqlash uchun ma’lumotlarni ham ketma-ket, ham bog’langan 
taqdim etishidan foydalanish mumkin. Ketma-ket taqdim etishdan foydalanganda 
stekning eng oxirgi o’lchamini bilish zarur. Ko’zda tutiladigan ushbu eng chekka 
o’lcham uchun moslab xotira zahiraga olinadi va uning ichida stek oshadi va 
qisqaradi. Blokning birinchi uyasi stek cho’qqisining ko’rsatkichini o’z ichiga 
oladi. Stek bo’sh bo’lganida ko’rsatkich o’zini-o’zi ko’rsatadi. Har bir yangi 
elementning kiritilganida cho’qqi ko’rsatkichi bir birlikka ko’payadi. 1.2-
chizmada xotira bloki va unda joylashgan boshlang’ich stek, shuningdek kiritilgan 
va chiqarib tashlangan elementli steklar tasvirlangan. Stekdan erkin foydalanishni 
shunday qilib tashkil etish mumkinki, bunda cho’qqi ko’rsatkichining qiymati stek 
mavjud bo’lgan hamma vaqt davomida o’zgarmas bo’lib qoladi. Bunday holatda 
erkin foydalanish har doim stek uchun moslab zahiraga olingan xotira blokining 
bitta uyasiga amalga oshiriladi. Shu uyaga cho’qqi ko’rsatkichi o’rnatiladi, unda 
stekning joriy (eng yuqori) elementi saqlanadi.
Ketma-ket taqdim etishning kamchiligi shundan iboratki, stekning to’lib 
ketishi xavfi hamisha bo’ladi; aks holda zahiraga olingan xotiraning bir qismi 
ishlatilmay qoladi. Ma’lumotlarni bog’langan taqdim etishdan foydalanganda stek 
uchun moslab xotirani oldindan zahiraga olishning zarurati bo’lmaydi. Stekning 
barcha elementlari xotira bo’yicha yoyib tashlanadi va o’zaro ko’rsatkichlar bilan 
bog’lanadi. SCHK stekning eng yuqoridagi elementi joylashgan uyaga ko’rsatadi. 
Elementlar kiritilganida yoki chiqarib tashlanganida cho’qqi ko’rsatkichining 
qiymati o’zgaradi. Yangidan kiritilayotgan element xotiraning ixtiyoriy bo’sh 
uyasiga joylashtiriladi va u mos ravishda bog’langan ro’yxat ko’rsatkichlarini 
o’zgartirish yo’li bilan stekka qo’shiladi. Ma’lumotlarni bog’langan taqdim etishda 
stek cheksiz oshishi mumkin. Asosiy ro’yxatdan o’chirilgan 

ixtiyoriy uya bo’sh xotira stekining cho’qqisiga qo’shiladi. Bo’sh xotira stekiga 


kiritilgan so’nggi uya asosiy ro’yxatning yangi yozuvini joylashtirish uchun 
birinchi bo’lib ishlatiladi. Bo’shagan uyalarni bo’sh xotira stekiga kiritilishini 
boshqaradigan algoritm ko’pincha «axlat yig’uvchi» deb ataladi. 
Stekli tuzilmalar ichiga qo’yilgan kichik dasturlar va ko’p pog’onali 
uzilishlarni amalga oshirishda translyatorlarda, shuningdek algoritmlari rekursiv 
usul bilan eng yaxshi ta’riflanadigan vazifalarni echishda keng qo’llaniladi. 

Navbat bu o’zgaruvchan o’lchamdagi chiziqli tuzilmadir. Elementlarni 
navbatdan chiqarib tashlashga bir tomondan - navbatning boshidan ruxsat beriladi. 
Elementlarni kiritish faqat teskari tomonga - navbatning oxiriga bo’lishi mumkin. 
Bunday tuzilmadagi ma’lumotlar ular kelib tushishiga qarab «birinchi keldi, 
birinchi ketdi» tamoyili bo’yicha qayta ishlanadi. Adabiyotda navbat tuzilmasini 
FIFO (inglizcha First In, First Out) tipidagi tuzilma deyiladi. Svetoforning 
ochilishini kutayotgan avtomobillar navbati an’anviy misol hisoblanadi. 
Svetoforga birinchi bo’lib kelgan avtomobil chorrahadan birinchi bo’lib o’tib 
ketadi, ya’ni navbatdan chiqariladi. Oxirida kelgan va navbatning oxirida o’tib 
ketishni kutayotgan avtomobilb chorrahadan oxirgi bo’lib o’tadi. 
Navbat elementlaridan erkin foydalanish boshlanish va tugash ko’rsatkichi 
bo’yicha amalga oshiriladi. Boshlanish ko’rsatkichi birinchi bo’lib chiqarib 
tashlanadigan yoki o’qiladigan navbat elementini ko’rsatadi. Tugash ko’rsatkichi 
navbatdagi so’nggi yozuvdan keyin keladigan xotiraning bo’sh uyasiga o’rnatiladi.
Yangi kelgan yozuv, ya’ni navbatning yangi elementi aynan shu uyaga 
joylashadi. Navbat tuzilmasini amalga oshirish uchun KOMPYUTER xotirasida 
ma’lumotlarni ham ketma-ket, ham bog’langan taqdim etishdan foydalaniladi.


  1. Yüklə 1,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin