Kompyuter arxitekturasiga oid atamalar. Elektron hisoblash mashinalari


USB 2.0 shinasi ingl.: USB 2.0 . rus.: shina USB 2.0



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə13/17
tarix20.05.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#118360
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Kompyuter arxitekturasiga oid atamalar. Elektron hisoblash mashi

USB 2.0 shinasi ingl.: USB 2.0 . rus.: shina USB 2.0 Yuqori tezlikka ega bo‘lgan USB shinasi. USB 2.0 ma’lumotlar uzatish tezligini 480 Mb/s gacha quvvatlay oladigan tashqi shina standartidir. USB 2.0 texnologiyalar kanal o‘tkazishi kengligiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqilgan
Shina ingl.: bus . rus.: shina Kompyuterning bir qismidan ikkinchi qismiga ma’lumotlar uzatuvchi jismoniy vosita. Shu sababli, shinalarni yaratishda yassi kabellardan foydalaniladi. Odatda «shina»atamasi «ichki shina» ma’nosida foydalaniladi. Bu shina kompyuterning barcha ichki tarkibiy qismlarini markaziy protsessor va xotira bilan ulaydi. Xuddi shunday, kengaytirish kartalarini protsessor va xotiraga kirishini ta’minlashga mo‘ljallangan «kengaytirish shinasi»dan foydalaniladi. Ixtiyoriy shina ikki qismdan - manzil shinasi va ma’lumotlar shinasidan tashkil topadi. Ma’lumotlar shinasi ma’lumotlarning o‘zini uzatsa, manzil shinasi esa ma’lumotlarni qabul qilib oluvchi haqidagi axborotni uzatadi. Shinaning o‘lchamini (uning kengligini) bir vaqtning o‘zida uzatilayotgan ma’lumotlar hajmi bilan belgilanadi. Masalan, 16-bitli shina 16 bit ma’lumotlarni uzatish imkoniga ega, 32-bitli shina bo‘lsa-32-bitli ma’lumotlarni uzatadi.
Plotterlar. Plotterlar katta o’lchamlardagi tasvirlarni qog’oz yoki boshqa materiallarga tushirish uchun xizmat qiladi. Bir vaqtlar printerlarda tasvirlarni qog’ozga tushirishning iloji yo’q edi. O’sha paytda chizmalarni chizish uchun plotterlar yaratilgan edi. Printerdan farqli ravishda plotterda bir necha rangdagi ruchkalar bo’lib, ular maxkamlab qo’yilgan qog’oz ustida harakatlana olar va unda turli shakllarni chiza olardilar.
Flinn turlanishi (klassifikatsiyasi)
Flinn turlanishi (klassifikatsiyasi) jarayoni oqim tushunchasiga asoslangan bo’lib, u protsessor tomonidan qayta ishlangan elementlar, buyruqlar yoki ma’lumotlar ketma-ketligi deb tushuniladi. Flinn turlanishi ikkita asosiy tushunchadan foydalanadi: buyruq oqimlari va ma’lumotlar oqimlari.
Buyruq oqimlari va ma’lumotlar oqimlari soniga qarab, Flinn to’rt xil arxitektura turlarini ajratib turadi: SISD, MISD, SIMD, MIMD.


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin