Kompyuter arxitekturasi ingl.: computer architecture rus.: arxitektura kompyutera Kompyuter tarkibiy bo‘laklarining texnik va dasturiy vositalarining o‘zaro aloqalarini o‘z ichiga oluvchi kompyuterning mantiqiy tuzilishi va funksional tavsifnomalari.
Tizim bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi: Ona plata:
Chipset - bu o'zaro bog'liq bo'lgan mikrosxemalar to'plami.
sovutish tizimi – qo’shimcha sovutish elementlari (ventilyatorlar).
Kompyuterning asosiy platasi
Chipset - bu markaziy protsessorning kompyuterning qolgan elektron komponentlari bilan o’zaro aloqasi uchun mikroprotsessor to’plami. Ona plataning barcha imkoniyatlari va undan keyingi ishlashi chipsetga bog’liq.
BIOS (Basic Input Output System) ona plataning eng muhim mikrosxemalaridan biri hisoblanadi, chunki u kompyuterning dastlabki ishga tushirilishi uchun zarur bo’lgan, to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqaruvchi tomonidan o’rnatilgan muhim dasturlarni o’z ichiga oladi.
Mikroprosessorlarning asosiy parametrlari ularning qaysi slotga o’rnatilishi (mikrosxemaning oyoqlari soni), takt chastotasi (bir sekundda necha marta eng sodda amalni bajara olishi), razryadlari soni (bir vaqtda ikkilik sanoq sistemasining necha xonali soni bilan ishlay olishi), yadrolari soni (bir vaqtda nechta masalani parallel ishlay olishi), kesh xotirasi hajmi, undan chiqadigan issiqlik miqdori, undagi tranzistorlar soni va tranzistorlarning o’lchamidir. Hozirgi paytda Intel kompaniyasidan tashqari AMD, NVidia va Motorola kompaniyalarining mikroprosessorlari keng qo’llaniladi.