Kompyuter falsafasi


- reja. Falsafa kategoriyalari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə27/143
tarix23.05.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#120317
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143
компютер фалсафа услубий.txt

4- reja. Falsafa kategoriyalari
Kategoriya yunon tilidan olingan bo‘lib, «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Kategoriyalarni falsafa tarixida birinchi bo‘lib Arastu ta’riflab bergan.
U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqye», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni .ko‘proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O’sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
In’ikos etilayotgan aloqadorlik va bog‘lanishalrni, borliqning universal xislatlari va qonuniyatlarini miqyosi va mazmunini nazarga olib falsafiy kategoriyalarni uch turkumga bo‘lish mumkin:

  1. Borliq to‘g‘risidagi ta’limot kategoriyalari (borliq, olam, substansiya, materiya, harakat, makon va vaqt, cheklik va cheksizlik va boshqalar)

  2. Bilish nazariyasiga oid kategoriyalar (bilish, in’ikos, haqiqat, adekvatlik, obraz, tafakkur va boshqalar)

  3. Dialektika kategoriyalari (yakkalik va umumiylik, xodisa va mohiyat va boshqalar)


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin