Kompyuter geometriyasi va grafikasi”



Yüklə 8,81 Mb.
səhifə31/114
tarix19.12.2023
ölçüsü8,81 Mb.
#185454
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114
Majmua pechatga tayyor

Web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o`rnatish
Adobe Flash dasturi yordamida turli xildagi harakatli mashqlarni bajarish ketma-
ketligini ko`rib chiqamiz.
Animatsiyalar yaratishda qatlamlar uchun Layer va kadrlar uchun Frame ishlatiladi. Kadrlar va qatlamlar Timeline oynasida mavjud.
Adobe Flash dasturida kadr qo`shish uchun F6 tugmasidan, qatlam qo`shish uchun esa Timeline oynasining Insert Layer papkasidan foydalaniladi.
1-mashq. “Talaba” so`zini harakatlantirish.
Bajarish:
1. Text tool (T) jihozi tanlanib, “Talaba” yozuvi kiritiladi.
2. F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
3. Hosil qilingan Framening ixtiyoriy qismiga sichqoncha o`ng tugmasi bosiladi va menyudan Create Motion Tween bandi tanlanadi.
4. “Talaba” yozuvining koordinatalari o`zgartiriladi (yozuv belgilanib, sichqoncha tugmasi yordamida sudrib kerakli joyga o`tkaziladi);
5. Natijani ko`rish uchun Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.
6.5.3-rasm. Talaba so`zini harakati
2-mashq. To`rtburchak shakli harakatlanib aylana ko`rinishiga o`tish.
Bajarish:
1. To`rtburchak shakl chiziladi.
2. F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
3. Oxirgi Framedagi to`rtburchakni o`chirib, aylana chiziladi. Properties bo`limining Tween bandidan Shape tanlanadi.
4. Natijani ko`rish uchun Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.

6.5.4-rasm. To`rtburchak shakli harakatlanishi


3-mashq. Sharni harakatlantirish.
Bajarish:
1. Oval Tool (O) jihozi belgilanib, Fill Color bandidan shar tanlanadi.
2. F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
3. Frameda sichqonchani chap tugmasi bosiladi va undan Create Motion Tween qatori belgilanadi.

6.5.5-rasm. Shar shaklini chizish


4. Shar belgilanib kerakli joyga siljitiladi. Natijani ko`rish uchun Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.

6.5.6-rasm. Shar harakati


4-mashq. O`zaro ikki sharni to`qnashtirish.
Bajarish:
1. Oval Tool (O) jihozi belgilanib, Fill Color bandidan shar tanlanadi va F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
2. Shar belgilanib, ishchi soha o`rtasiga siljitiladi va Frameda sichqonchani chap tugmasi bosilib, undan Create Motion Tween qatori tanlanadi.
3. Layer 2 qatlami hosil qilinib, ishchi sohaning oxiriga ikkinchi shar chiziladi va F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
4. Shar belgilanib, ishchi sohaning o`rtasiga siljitiladi (Layer 1 qatlamidagi sharga qarama-qarshi) va Frameda sichqonchani o`ng tugmasi bosilib, undan Create Motion Tween qatori tanlanadi.
5. Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.
Adobe Flash dasturida yartilgan animatsiyalarni web-sahifaga joylashtirish uchun Ctrl+R tugmalari bosilib, kerakli fayl belgilanadi va Открыть tugmasi bosiladi.

6.5.7-rasm. Ikki sharni to`qnashtirish harakati


5-mashq. Sharni trayektoriya bo`ylab harakatlantirish.
Bajarish:
1. Oval Tool (O) jihozi belgilanib va Fill Color bandi tanlanib, shar chizib olinadi.
2. Timeline bo`limidan Add Motion Guide qatlami hosil qilinadi;
3. Hosil qilingan qatlamga Pencil Tool (Y) jihozi yordamida shar harakatlanadigan trayektoriya chiziladi;
4. Layer 1 qatlamida F5 tugma tanlanib, kerakli masofa belgilanadi.
5. Add Motion Guide qatlamida F5 tugma tanlanib, kerakli masofa belgilanadi. 6. Layer 1 qatlamining Frameda sichqoncha o`ng tugmasi bosilib, Create Motion Tween qatori tanlanadi.
7. Shar belgilanib, chizilgan trayektoriya oxiriga o`tkaziladi (sichqoncha yordamida sudrab tortiladi).

6.5.8-rasm. Sharni trayektoriya bo`ylab harakati



Yüklə 8,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin