Rasm. 4.15.6. “Statik” freymning hususiyatlar inspektori oynasi
Freymlarni ko’rish rejimida boshqarish Aksariyat hollarda, bir vaqtning o’zida animatsiyaning barcha yoki ma’lum bir kalit freymlariga bo’glangan tasvirlarning barchasini ko’rib turgan holda tahrirlash qulay bo’ladi. Flashda buni bir nechta variantlari mavjud. Variantlarni tanlashda vaqt diagrammasining pastki qismida joylashgan tugmachalardan foydalaniladi.(4.15.7-rasm):
Onion Skin — bir vaqtning o’zida bir nechta freymlarni ko’rish rejimini ulaydi; Bunda faol(ko’rish kallagi turgan freym) aniq rangda, qolganlari ochroq(xiraroq) rangda nomoyon bo’ladi(4.15.8-rasm /a/); Boshlang’ich xolda bir vaqtning o’zida uchta freym no’moyon bo’ladi: faol va ikkita qo’shni freymlar; Freymlarni ko’rsatish diapazoni vaqt diagrammasi shkalasida alohida maxsus markerlar bilan ajratilgan holda bo’ladi; Markerlarni sichqoncha yordamida siljitib ko’rish, diapazonini o’zgartirish mumkin.
Rasm. 4.15.7.Animatsiya freymlarini ko’rish rejimida boshqarish tugmachalari
Onion Skin Outlines – faol freymdan boshqa freymni to’liq, unga qoshni freymlarni faqat chegara chiziqlarini ko’rsatish rejimini ulaydi(4.15.8-rasm /b/); bu rejimda ham faqat faol freymni tahrirlash mumkin;
Edit Multiple Frames – barcha ko’rinib turgan freymlarni tahrirlash mumkin bo’lgan rejimni ulaydi; Bu rejimda vaqt diagrammasi shkalasida marker bilan ajratilgan freymlar barchasi ish stolida nomoyon bo’ladi va ularni barchasini tahrirlash mumkin bo’ladi(4.15.8-rasm /c/);
Modify Onion Markers – ushbu tugmacha bosilganda, menyu paydo bo’ladi; Menyu bandlari yordamida shkaladagi markerlar parametrlarini o’zgartirish mumkin(4.15.9-rasm):
Always Show Markers – ushbu band tanlanganda ko’rish rejimini ulovchi tugmachalarga bog’liq bo’lmagan xolda markerlar, doim shkalada ko’rinib turadi;
Anchor Onion Marks – markerlar ularning joriy holatiga nisbatan qattiq rejimda o’rnatilgan xolatga o’tadi, ya’ni boshqa freymga o’tilganda markerlar pozitsiyasi o’zgarmaydi;
Onion 2 — ish stolida faol freym va unga qo’shni ikki (o’ng va chap)freym nomoyon bo’ladi;
Onion 5 — Ish stolida faol freym va unga qoshni to’rtta freym(o’ng tarafdan ikkita, chap tarafdan ikkita) freym aks etadi.
Onion All — Ish stolida animatsiyaning barcha freymlari nomoyon bo’ladi.