Tovushli ma’lumotlar va ular bilanishlash Adobe Flash dasturining ishchi sohaga tovushli ma’lumotlarni joylashtirishning ikki xil usuli mavjud:
1. File ► Import ► Import to Stage... ketma-ketligini tanlash orqali;
2. File ► Import ► Import Video... ketma-ketligini tanlash orqali.
6-mashq. Adobe Flash dasturining ishchi sohasiga .mp3 fayl kengaytmali tovushli ma’lumotlarni joylashtirish.
Bajarish:
1. File ► Import ► Import to Stage... ketma-ketligi tanlanib, tovushli ma’lumotlar joylashtirilgan papka tanlanadi.
2. Papkadan kerakli fayl belgilanadi va Открыть tugmasi bosiladi. Tanlangan fayl Librare bo`limiga yuklanadi.
3. Yuklangan faylni ishchi sohaga o`tkazilishi kerak. Buning uchun Librare bo`limiga yuklangan fayl belgilanib, sichqoncha tugmasi yordamida sudrab tortiladi. 7-mashq. Idishdagi suvning bug`lanishini tasvirlovchi animatsiya effektini hosil qilish.
Bajarish:
1. Layer l qatlamida, Rectangle Tool (R) jihozi yordamida idish chiziladi va unga kerakli rang beriladi.
2. Layer 2 qatlami hosil qilinadi va unda Oval Tool (O) jihozi yordamida suvning bug`lanish belgilari chiziladi.
3. Layer l, Layer 2 qatlamlari belgilanadi va F5 tugma yordamida kerakli masofa belgilanadi.
4. Layer 2 qatlamining Frameda sichqoncha o`ng tugmasi belgilanib, Create Motion Tween qatori tanlanadi.
5. Layer 2 qatlamidagi suvning bug`lanish belgilari yuqoriga siljitiladi.
SAVOLVATOPSHIRIQLAR. 1. Macromedia Dreamweaver 8 dasturi tuzilishi.
2. Adobe Flash 8 dasturi vektorli grafikadan foydalanish texnologiyalari.
3. Adobe Flash 8 dasturining jihozlar paneli.
4. Web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o`rnatish.
5. O`zaro ikki sharni to`qnashtirish.
6. Sharni trayektoriya bo`ylab harakatlantirish.
7. Tovushli ma’lumotlar va ular bilan ishlash.
8. To`rtburchak shakli harakatlanib aylana ko`rinishiga o`tish.
9. Idishdagi suvning bug`lanishini tasvirlovchi animatsiya effektini hosil qilish.