Simvollar
|
Simvollar
birikuvi
|
1
|
S - boshlang‘ich simvol, u inglizcha «Sentence» («gap») so‘zining bosh harfidan olingan.
|
S = NP + VP
|
2
|
VP - kesim guruhining simvoli, u inglizcha «Verb Phrase» birikmasidan olingan.
|
VP = Verb + NP
|
3
|
NP -ega guruhining simvoli, u inglizcha «Noun Phrase» birikmasidan olingan.
|
NP = Det + N
|
4
|
Verb - kesim gap bo‘lagining simvoli, u inglizcha «Verb» so‘zidan olingan.
|
V = Aux + V
|
5
|
Det - artiklning simvoli, u inglizcha «Determiner» («aniqlagich») so‘zidan olingan.
|
Det = the, a, ...
|
6
|
N -ot so‘z turkumining simvoli, u inglizcha «Noun» so‘zidan olingan.
|
N = book, computer...
|
7
|
Aux - yordamchi (ko‘makchi) fe’llarning simvoli, u inglizcha «Auxiliary» so‘zidan olingan.
|
Aux = will, can ...
|
8
|
V — fe’l so‘z turkumining simvoli, u inglizcha «Verb» so‘zidan olingan.
|
V = see, know ...
|
Jadvaldagi 5 - 8-qatorlarda ko‘rsatilgan simvollar (Det, N, Aux, V) terminal simvollar deyiladi, chunki ular lug‘atdagi aniq so‘zlardir. 1 - 4-qa- tordagi simvollar esa noterminal simvollar deb ataladi.
Gap hosil qilish jarayoni noterminal simvollarni o‘ng qismga davomiy o‘rin almashtirish asosida yuz beradi. Bunda boshlang‘ich simvol S o‘ziga mos keluvchi simvollar birikuvi NP hamda VP ga almashtiriladi. So‘ng NP va VP simvollari ham, o‘z navbatida, Det + N hamda Verb + NP ga almashtiriladi. Bu jarayon barcha simvollar noterminal bo‘lguncha davom eta- veradi. Masalan, ingliz tilidagi quyidagi jumlani bevosita ishtirokchilar modeli asosida tahlil etaylik. Birinchi bosqichda jumla NP va VPga ajratiladi: The old man | saw a black dog there - Keksa odam и yerda qora itni кo‘rdi. Keyingi bosqichda yuqoridagi ajralish, o‘z navbatida, yana ikki qism- ga ajratiladi: The || old man \ saw a black dog || there. So‘nggi bosqichda jumla bevosita ishtirokchilar modeli asosida «daraxt» («sentence tree») ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin:1
Context-free grammar – matndan xoli bo‘lgan grammatika, chunki undagi qoidalar universal hisoblanib, ma’lum matnga tayanib tahlil etishga asoslanmaydi, balki u avvaldan empirik tarzda belgilab olinadi. Hozirda ushbu grammatika sun’iy programmalash tillariga (Pascal, C++, Delphi, HTML) faol tatbiq etilgan, shuningdek, tabiiy tillarni formallashtirish jarayonida ham grammatikani bayon qilishning eng optimal usuli hisoblanadi.
Formallashtirish - bu bilimlar majmuasini, mazmunini muayyan shakllar yordamida sun’iy til belgilari orqali ifodalashdir. Grammatikani formallashtirish tendensiyasi XX asrning o‘rtalarida kuchaydi. Bu bevosita tilning strukturasini yanada aniq parametrlarda ifodalashga intilish, uni kompyuterga moslashtirishga urinish bilan bog‘liqdir. Formal grammati- ka nazariyasi matematik mantiq, matematik linvistikaning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Grammatikani formallashtirish (lotincha «forma» - «shakl», «tashqi ko‘rinish») konsepsiyasining asoschisi amerikalik tilshunos Noam Chomskiydir. Formal grammatika abstrakt simvollar orqali bayon etiladigan grammatika hisoblanib, unda til qoidalari, so‘z yasalishi, birikma va gap qurilishi turli xil lingvistik modellar, struktur sxemalar yordamida tavsiflanadi. Formal grammatika 3 ta birlik asosida ish ko‘radi:
Word-classes - so‘z turkumlari (tub va yasama so‘zlar).
Phrases - gap bo‘laklari.
Sentences - gap konstruksiyalari sxemalari, modellari.
N.Chomskiy qoidalarning ifodalanish turiga qarab formal grammatikani 4 tipga ajratgan va bu Chomskiy iyerarxiyasi deb nomlanadi:
Dostları ilə paylaş: |