Kompyuter savodxonligi


Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qismlari, ularning vazifalari



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə4/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

1.2. Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qismlari, ularning vazifalari.



Kompyuterlar odatda bir necha qismlardan iborat bo‘ladi. Asosiy qismlar
tarkibiga: 1) sistema bloki; 2) monitor; 3) klaviatura va sichqon kiradi.
Ulardan asosiysi sistema bloki (yoki sistemali blok) bo‘lib, unga o‘rnatilgan uskunalar birgalikda kompyuterni tashkil etadi va uning ichiga qaysi
rusumga tegishli uskunalar o‘rnatilganiga qarab kompyuter rusumlar (masalan,
Pentium III yoki Pentium IV va hokazo)ga ajralatiladi. Boshqa qurilmalarning
barchasi sistema blokiga ulanadi.
Kompyuter qanchalik kuchli bo‘lmasin, unda qanchalik ko‘p ma’lumot
saqlanmasin, ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko‘rinishda ko‘rsatib
berilmasa, bunday kompyuter dengiz tubidagi xazinaga o‘xshab qoladi va undan hech
qanday naf bo‘lmaydi.
Ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun monitor xizmat qiladi.
Tashqi ko‘rinishi va ishlash prinsipiga ko‘ra monitor oddiy televizorga
o‘xshab ketadi, undan farqli ravishda teleko‘rsatuvlarni qabul qiluvchi TV tyuneri
bo‘lmaydi. Televizorga videomagnitofon ulash mumkin bo‘lganidek, monitorga
kompyuter ulanadi. Kompyuter monitoridagi tasvir televizor ekranidagi tasvirdan ancha sifatli bo‘lib, monitor bilan bir necha soat ishlash ham foydalanuvchini
toliqtirmaydi.
Monitor ekranidagi tasvirlar piksel (nuqta)lar to‘plamidan iborat bo‘lib,
bu nuqtalar tez almashtirilganda (sekundiga 50 marta va undan ko‘proq) inson ko‘zi
tomonidan jonli harakat ko‘rinishida qabul qilinadi. Monitor ekranida tasvir
640x480 (640 ta satrning har birida 480 tadan nuqta), 800x600, 1024x768,
1280x1024 kabi zichlikda bo‘lishi mumkin. Ulardan dastlabkisi deyarli
ishlatilmaydi va ba’zi bir «eskirgan», 5-10 yil oldin ishlab chiqilgan
dasturlarda saqlanib qolgan.
Inson ko‘zi tasvirning juda mayda bo‘laklarini ham ilg‘ay oladi va bundan
foydalanib, monitor ekranida rangli tasvir yaratiladi: ekranda tasvir har bir
nuqtasining o‘zi uchta nuqtadan iborat bo‘lib, ulardan biri qizil, ikkinchisi yashil,
uchinchisi ko‘k rangda porlaydi va birgalikda 32 milliondan ortiq ranglar hosil
qila oladi. Masalan, uchala rang bir vaqtda porlasa, oq rang; faqat qizil va yashil
rang porlasa, sariq rang hosil bo‘ladi. Tabiiyki, qizil va yashil ranglarning bir
maromda turli darajada porlashi sariq rangning turli tuslarini hosil qiladi.
Monitorlar ularning ekranida tasvir qanday qilib yaratilishiga qarab ikki
turga ajratiladi: elektron-nur trubkali CRT va suyuq kristalli LCD displey.
Elektron-nur trubkali (kineskop) monitorda ekran lyuminofor donachalari bilan
qoplangan bo‘lib, ular elektronlar dastasi yordamida o‘zidan nur taratadi. Suyuq
kristalli displeylarda kristallar orqali elektr toki o‘tganda ular turli
burchakka og‘adi va mos rangning turli darajada akslanishini ta’minlaydi.
Klaviatura yordamida kompyuterga turli farmoyishlar beriladi va unga
matn kiritiladi. Klaviaturalar uchun yagona standart yaratilgan bo‘lib, barcha ishlab
chiqaruvchilar unga rioya qiladilar va klaviaturalar bir-biridan faqat qo‘shimcha
tugmalarning mavjudligi va ularning joylashishi bilangina farq qiladi.
Klaviatura va monitor asosiy kiritish va chiqarish qurilmalari hisoblanadi va
birgalikda konsol deb ataladi.
Qo‘lda ko‘tarib yuriladigan kompyuterlarda yuqoridagi uchta qismning
alohida-alohida bo‘lishi noqulayliklar tug‘diradi va ular yaxlit bir blokdan
9
iborat bo‘ladilar. Bunday kompyuterlar Notebook (noutbuk deb o‘qiladi va «yozuv
daftari» degan ma’noni bildiradi) deb ataladi.
Zamonaviy kompyuter va dasturlardan foydalanishni «sichqon» deb
ataladigan dastyorsiz amalga oshirish deyarli mumkin emas. Dastlab grafiklarni
chizish uchun yaratilgan ushbu sichqon bilan ekrandagi ob’ektlarni tanlash, ularni va
boshqa ob’ektlarni "sudrash" juda qulay. Sichqonni stol ustida yurgizganda uning
ekrandagi ko‘rsatkichi (kursor) ham harakatga keladi va ekrandagi biror ob’ekt
oldiga ko‘rsatkichni olib kelib, sichqon tugmasi bosilsa, ekrandagi ob’ekt ham
bosiladi va kerakli amal bajariladi.
Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga tasvirlarni va
boshqa hujjatlarni kiritish va qog‘ozga chiqaruvchi qo‘shimcha qurilmalar zarur
bo‘ladi. Qog‘ozga chop etish qurilmalari printer deb ataladi. Ularning bir necha
xillari bo‘lib, matritsali, siyohli, lazerli turlarini sanab o‘tish mumkin.

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin