Kopyuter tarmog’ini tashqil etish uchun maxsus qurilmalar (HUB) va dasturiy vositalar bo’lishi lozim. Ikki kompyuterni o’zaro bog’lash to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish deyiladi.
Tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga karab kompyuter tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin:
1. Global tarmoqlar.
2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.
3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Lokal tarmoq (LAN-Local Area NetWork) kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Lokal tarmoqlar odatda bitta binoni yoki bitta kavatni yoki biror kompakt joylashgan binolarni birlashtirish uchun mo’ljallangan. Ba'zan uzoqroq masofada joylashgan kopyuterlarni ham lokal tarmoqka birlashtirish mumkin. Lokal tarmoqni yaratishdan maqsad resurslar (printer, skaner va h.k)dan unumli va tejamli foydalanishdir.
Turli ko’rinishdagi kompyuter tarmoqlarini vazifasi ularning
quyidagi 2 funktsiyasi bilan belgilandi.
ü qurilmali va dasturiy tarmoq manbalaridan birgalikda ishlay olishni ta'minlash;
ü ma'lumotlar manbasiga birgalikda egalik qilish.
Kompyuter tarmog’ida agar hamma foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi uchun maxsus kompyuter ajratilgan bo’lsa, u fayllar serveri deb yuritiladi. Kompyuter tarmog’ida maxsus ajratilgan kompyuter bo’lmasa va hamma kompyuterlar uz aro ma'lumotlarni bir-biriga teng huquqli uzatishga moslashtirilgan bo’lsa, u holda bunday tarmoqka bir rangli tarmoq deyiladi. Lokal tarmoq tizimini boshqarib turadigan mas'ul kishini tizimning boshqaruvchisi (administrator) deb yuritishadi. Kompyuter tarmog’ini yaratishda qurilmalarni elektrik, mexaniq parametrlari va kodlashtirish tizimlari hamda qiymatlar shakli bo’yicha ma'lumotlar ta'minotini birgalikda ishlay olishlarini ta'minlash asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalani standartlashtirish sohasi hal etadi. Ochik tizimlarning o’zaro bog’lanish modeliga asoslangandir. Xalqaro standartlashtirish institutining texnik takliflari asosida yaratigan ISO OSI modeliga asosan kompyuter tarmog’ini 7 pogonadan iborat deb karash mumkin. Jadvaldan kurinib turibdiki, har bir yangi pogonada tizimning funktsional bog’lanish ketma-ketligi kattalashib boradi.
Eng yukori pogona amaliy pogona bo’lib bunda foydalanuvchilar hisoblash texnikasi bilan muloqotda bo’lishadi. Eng quyi pogona fizik pogona bo’lib bunda qurilmalar signallar bilan o’zaro almashinishi ta'minlanadi. Kompyuter tarmog’i ushbu etti pogonasida birgalikda ishlashi uchun ularning har birida «qaydnoma (protokol)» deb yuritiladigan maxsus standart ishlatiladi. Qaydnomalarni fizik jihatdan kullaydigan apparat vositalari «interfeys» deb deb, dasturiy vositalari bo’lsa dasturiy vositalar qaydnomasi deb atashadi. Kompyuter tarmog’ida foydalanilayotgan qaydnomalarga karab «lokal» (LAN-Local Area NetWork) va «Global (WAN-Wide Area NetWork)» tarmoqlarga bo’linadi.
Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko’p tarmoqli ierarhiyani tashqil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari keng tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog’idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini uzi «tarmoqlar orasida» ma'nosini bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Internetning asosiy yacheykasini maxalliy kompyuter tarmoqlari tashqil etadi.
Kompyuterning mahalliy tarmoqka ulashning 3 turi mavjud.
1. Halkasimon.
2. Shinali.
3. Yulduzsimon.
Halkasimon bog’lanishda kompyuterlar yopik chizik bo’yicha bog’langan bo’ladi. Tarmoqning kirish qismi chikish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halka bo’yicha kompyuterdan kompyuterga utadi
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Ahborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqka ulanish kerak bo’ladi.
Kompyuterlarning o’zaro ahborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqka ulangan kompyuterlar va ahborot ashyolariga bog’lik.
Ahborot ashelari deganda arhiv, kutubhona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa ahborot tizimlaridagi hujjatlar yigindisi tushuniladi.