EARN – Europan Akademic Research Network BITMAP tarmog‘i bilan
bevosita ulangan bo‘lib, juda ko‘p milliy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi.
Uning qaydnomasi RSES bo‘lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot almashiniladi,
o‘z-o‘zini xo‘jalik hisobida qoplash asosida ishlaydi.
EUNET – Europe Union Network (Evropa kompyuter tarmog‘i uyushmasi).
Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan.
U asosan UNIX operatsion
sistemasida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi.
FIDONET (1984) – shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS
boshqaruvida ishlaydigan TARMOQ. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va
UNIX operatsion sistemasida ishlaydigan kompyuterlar bilan bog‘lanishi mumkin.
Fayllarni, bildirishlarni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatishi
mumkin.
INTERNET – International Network (xalkaro kompyuter tarmog‘i)
butun
dunyo kompyuter tarmog‘idir. U ko‘p KTtlarni birlashtiradi va TCP/IP
qaydnomalari asosida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys –
GATEWAY (shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, o‘kuv
yurtlari, xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari
yaratish, joriy qilish va ularning shu sohadagi harakatlarini birlashtirish uchun
xizmat qiladi. Hozirda u butun dunyo qit’alarini o‘ziga birlashtiradi,
Internet
tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlari – CSNET, NSFNET, o‘z navbatida, katta-
katta tarmoqlar bo‘lib, o‘zlari ham bir necha tarmoqlardan tashkil topgan.
Internetning ishini koordinatsiya qilishni NIC (Network Information Centry)
Stenford universitetidagi SRI (Stanford Researsh Institute), ko‘pincha SRI – NIC
deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshqariladi.
Internetda TELNET (telefon tarmog‘i) uzoqqa uzatish, FTP (File Tranferd
Protocol) faylini uzatish, SMTP (Simple Mail Transport Protocol) oddiy
pochta
jo‘natish qaydnomalaridan elektron pochta uchun foydalaniladi. Domenlarni
nomlash tizimi – DNS (Domen Name Systems) ko‘llaniladi.
MSI Mail – savdo-sotiq uchun mo‘ljallangan ICT ham Internet bilan
bog‘langan bo‘lib, o‘z mijozlariga pochta, faksimil va teleks xizmatini ko‘rsatadi.
NSFNET – AQShning milliy ilmiy fondi tarmog‘i, AQShdagi minglab ilmiy
– tadqiqot institutlarini, korporatsiya va hukumat idoralarini birlashtiradi. U
Amerikadagi eng yirik superkompyuterga ulangan bo‘lib,
murakkab masalalarni
Echishda undan foydalanish imkoniyatini beradi.
USENET (1979) – yangiliklar va elektron pochtaning xalqaro tarmog‘i.
Universitetlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida ish boshlangan bu tarmoq
xozirda AQShning deyarli barcha universitetlarini KT orqali birlashtiradi. Hatto
undan foydalanuvchilar juda ko‘payib ketganligi tufayli, grafikning ancha qismini
UUNET tarmog‘iga topshirgan. UUNET tarmog‘i asosan shu maqsad uchun ham
yaratilgan.
UUNET – savdo–sotiq bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoq bo‘lib, u USENET
yangiliklarini UNIXda boshlang‘ich matnlarni olishni va boshqa ishlarni bajarishni
ta’minlaydi. U Internet bilan tarmoqlararo interfeysga ega.
UUCPNET – Unix-to Unix Copy – xalqaro elektron pochta bo‘lib,
ma’lumotlar UUCP nomli dasturlar yordamida uzatiladi. UUCP –
uzatish uchun
qaydnoma, kommunikatsiya maqsadlari uchun fayllar to‘plami, kommunikatsion
dasturlar uchun esa buyruqlar to‘plamidir. Undan elektron pochtalar yuborish va
telekonferentsiyalarda qatnashish maqsadlarida keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: