Kompyuter tizimlari va


WINDOWS XP OS lokal tarmog‘ida tarmoq disklari bilan ishlash. Kompyuterni



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/28
tarix20.07.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#136932
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

WINDOWS XP OS lokal tarmog‘ida tarmoq disklari bilan ishlash. Kompyuterni 
olisdan boshqarishni sozlash. 
Ilgari biz kompyuterlararo axborotni almashishni ta’minlaydigan umumiy 
papkalar, tarmoqlar bilan ishlashni o‘rgangan edik. "Tarmoqlararo bog‘lanish" 
ob’ekti yordamida mazkur tarmoqlarga kirish mumkin edi. Agar Siz boshqa 
kompyuter umumiy papkasi bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, noqulay bo‘lsa ham, xar 
safar "Mening kompyuterim" ob’ektini ochishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun 
umumiy papka bilan ishlashning yana bir usuli bilan tanishtiramiz va ularni tarmoq 
diskka ulashni ko‘rib chiqamiz. Bu xolda tarmoq diskning kompyuteringizga 
ulanganidan so‘ng, umumiy papka (uning asosida tarmoq disk yaratiladi) disk 
sifatida qabul qilinadi "Mening kompyuterim" ob’ektida yangi disk belgisi paydo 
bo‘ladi. WINDOWS XP OS yuklanganda, tarmoq parolini kiritilgandan so‘ng, 
tarmoq diskiga kirishga ruxsat so‘raladi. 
Bu usulning eng katta afzalliklaridan biri shuki, bunda tarmoq disklari bilan 
ishlashda siz umumiy papkani olasiz, ya’ni "Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ektini 
chaqirishning xojati qolmaydi. 
Tarmoq diskni xosil qilish: 
Ushbu jarayonni "So‘zlaymiz- bajaramiz" qabilida o‘tkazishni tavsiya etamiz. Ish 
boshidan avval hamma kompyuterlarda umumiy papka xosil qilish kerak. Muallim 
qanday kompyuter ulanganini aniqlashi, masalan WS 1 kompyuterida ishlovchilar 
umumiy papka tarmoq diski sifatida WS 3 kompyuteriga nom bilan bog‘lanishini 
oldindan belgilab berishi kerak. 
-"Mening kompyuterim" ob’ekti kontekst menyusini chaqiring; 


-"Tarmoq diskni ulash" buyrug‘ini tanlang
-xosil bo‘lgan menyuda tarmoq disk nomini yozing
-kiritish maydonida tarmoq diski bo‘ladigan umumiy papkaga yo‘l ko‘rsating. 
Masalan, Namuna umumiy papkasi WS 10 tarmoq nom bilan saqlanayotgan 
bo‘lsa, unga yo‘l quyidagicha yoziladi:
\\WS10\namuna; 
-OK ni bosing. 
Endi o‘quvchilar boshqa kompyuterdagi umumiy papkalardan foydalanib, mustaqil 
tarmoq disklarini xosil qilishlari mumkin. Ish natijalarini albatta nazorat qilish 
kerak. (Buning uchun "Mening kompyuterim" ob’ekti ochilsa, u Erda yangi 
belgilar paydo bo‘ladi). 
Tarmoq disklari bilan ishlash. 
Oddiy disklardagi kabi, tarmoq disklarda ham papka va fayllarni xosil qilish, 
nusxalash va yo‘qotish kabi amallarni bajarish mumkin. Shu Erda bir necha tarmoq 
disklarini, tarmoq disklarida fayl va papkalarni xosil qilishni mashq qilish 
o‘quvchilarga tavsiya etiladi. 
Tarmoq diskni olib tashlash: 
-"Mening kompyuterim" ob’ekti kontekst menyusini chaqirish; 
-"Tarmoq diskni uzing" buyrug‘ini tanlash. 
Olisdagi kompyuterni boshqarishni sozlash . 
Lokal tarmoqlar bilan ishlashning yana bir usuli tarmoqdagi olis kompyuterlar 
boshqaruvini sozlashdir. Bu xolatda xar bir kompyuterda umumiy papkalar bo‘lishi 
shart emas. Olisdagi boshqaruvga ruxsat berilgach, uning vinchesteriga to‘g‘ridan - 
to‘g‘ri kirish imkoni tug‘iladi. 
Olisdagi kompyuterni boshqarishni sozlash uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 
-"Ishga tushirish" menyusidan "Sozlash" menyusini oching; 
-boshqaruv paneli bo‘limini tanlang; 
-parol ob’ektini oching; 
-"Olisdagi boshqaruv" ni tanlang; 
-"Olisdagi boshqaruvga ruxsat" bayroqchasini o‘rnating; 


-"Parol" qatoriga, agar lozim bo‘lsa olis boshqaruv parolini kiriting. 
Bu parolni kiritishdan maqsad shuki, Sizning kompyuteringizga kirish uchun
uzoqdagi kompyuterda ham ayni shu parol bo‘lishi lozim. 
-OK ni bosing. 
Olisdan boshqarishga sozlangan kompyuterning diskiga kirish uchun: 
- "Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ektini oching; 
- kompyuter nomini tanlang; 
-ushbu 
kompyuter belgisi bo‘ylab "sichqoncha"ning o‘ng tugmasini 
xarakatlantiring; 
-xosil bo‘lgan menyudan "Xususiyat" bo‘limini tanlang; 
-"Olisdagi boshqaruvga ruxsat" degan bayroqchani o‘rnating; 
-agar talab qilinsa, parolni kiriting; 
-OK ni bosing. 
Kerakli kompyuter ochilsa, resurslar ro‘yxatida kompyuter disk belgisi paydo 
bo‘ladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin