222 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz mumkin ekaniga ishonch hosil qilish uchun davriy zaxira tartibini tashkil qilish
lozim. Bulut xizmati yoki shaxsiy tashqi qattiq disk kabi zaxira tanlovlardan
foydalanish mumkin. Bulut xizmati ma’lumotlarni tarmoqda saqlashga imkon
beradi. Shaxsiy tashqi qattiq disk kompyuterga ulanishi mumkin, shuning uchun
yangilangan fayllarni zarurat paydo bo’lganda nusxasini olishga imkoniyat bor.
5. Kompyuter tizimini muntazam ravishda yangilab turish Har qanday viruslarni, g’ayritabiiyliklarni tuzatish uchun doimiy kompyuter tizimlari
yangilanishlarini ishga tushirish muhim hisoblanadi. Yangilanishlarga ruxsat
berilmasa, tizimda qolib ketuvchi viruslar hakerlar tomonidan ishlatilishi mumkin.
Yangi tizim versiyasi e’lon qilingani bilan foydalanuvchi bundan xabardor bo’lishi
lozim.
6. Xavfsizlik devoridan foydalanish Xavfsizlik devori kompyuterni o’rovchi eng muhim jihat va u ruxsatsiz kirishni
bloklaydi. Kompyuterni endi ishga tushirayotganda yoki sozlayotganda, operatsion
tizimning xavfsizlik devori imkoniyatlaridan foydalanish lozim. Xavfsizlik devori
sozlamalarini kompyuter afzalliklariga ko’ra yangilash mumkin.
7. Email dan ehtiyotkorlik bilan foydalanish Hakerlar emailda ko’pgina yo’llarda ustunlikni qo’lga kiritishi mumkin, masalan,
emaillarga biriktirilgan kompyuter fayllarida. Tanimaydigan manzilli emaillarni
ochish va o’qish tavsiya etilmaydi. Ularni zudlik bilan o’chirib tashlash kerak.
8. Internetdan ehtiyotkorlik bilan foydalanish Hatto eng xavfsiz web saytlar ham spyware va malware ni o’z ichiga oladi. Virusni
yuqtirish uchun sichqoncha bir marta chertilsa kifoya. Ko’pgina soxta web saytlar
haqiqiy web saytlarni taqlid qilish uchun niqoblangan. URL larni kiritayotganda
saytning nomi, to’g’ri yozilganligini tekshirish kerak. To’satdan paydo
bo’ladiganlarni, reklamalarni, grafiklarni va boshqa saytlarga linklarni bosishni oldin
olish zarur.