Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari
Viruslarning asosiy maqsadi kompyuterlarni bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish, foydalanuvchilarni kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlar va axborotlar manbalaridan foydalanishni cheklashdan iborat.
Umuman olganda, buzg‘unchi dasturiy ta’minotning barchasi umumiy nom ostida viruslar deb ataladi. Kelib chiqishi venger bo‘lgan Amerikalik olim Djon fon Neyman 1951-yili o‘zi ko‘payuvchi dasturlar mexanizmi nazariyasini taklif qiladi.
Birinchi viruslar sifatida Apple II shaxsiy kompyuterlari uchun 1981-yilda yaratilgan Virus 1,2,3 va Elk cloner dasturlari hisoblanadi. 1996- yilda Windows uchun Win95.Boza deb nomlanuvchi birinchi virus yaratildi.
Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari
Hozirgi paytda ijtimoiy axborot texnologiyalarida spam va fishing viruslari keng tarqalmoqda.
Kompyuterning viruslar bilan zararlanganligi quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi:
fayllar yo‘qolib yoki kengaytmasining o‘zgarib qolishi.
Oldinlari turli ko‘ngilochar dasturlar jamlangan ma’lumot tashuvchi disketlar virus tarqalishining asosiy vositasi hisoblangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib, lokal va Internet tarmoqlari orqali tarqalayotgan viruslar asosiy xavf manbaiga aylanib bormoqda.
Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari
Fayl-viruslarning tarqalish mexanizimi .exe fayllarning boshlang‘ich qismlariga joylashib, o‘z-o‘zini ko‘paytirishga asoslangan. Ushbu virus ma’lum davrda uxlash holatida saqlanishi mumkin va zararlangan faylni vaqt-soati kelganda ishlatilishi natijasida kompyuter faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqdagi barcha .exe fayllar orqali halokatli vaziyatlarni hosil qilishi mumkin.
Hozirgi paytda virus tarqalishida fleshkalar, raqamli fotoapparatlar, mobil telefon va smartfonlar asosiy omilga aylanib bormoqda.