Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari


Kimyo va oziq-ovqat texnologik tizimlari



Yüklə 139,85 Kb.
səhifə2/13
tarix02.01.2022
ölçüsü139,85 Kb.
#43459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
modellashtirish kurs ishi 120521152222

Kimyo va oziq-ovqat texnologik tizimlari
Kimyo va oziq-ovqat texnologiya tizimlari (kelgusida texnologik tizimlar) deganda, unda ketayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi vositalar birgalikda tushuniladi. SHunday qilib texnologik tizimlar jarayonni, u ketayotgan qurilmani, jarayonni nazorat va boshqarish vositalarini va ular orasidagi o`zaro bog`liqliklarni o„z ichiga olar ekan.

Masalan: reaktorda ketayotgan boshqariladigan texnologik jarayonni- texnologik tizimlar deb qarash mumkin (1.1 - rasm). Texnologik jarayonning ketishi bo`yicha axborot birlamchi o„zgartirgichdan (BO`) rostlagichga (R) uzatiladi, u o`z navbatida texnologik parametrning shu vaqtdagi qiymatini belgilangan qiymatdan farqiga qarab rostlash ta`sir signali ishlab chiqaradi va ijrochi qurilma (IQ) orqali ob`ektga tasir ko`rsatadi.



1.1-rasm


Texnologik tizimlarda ma‟lum bir fizik kimyoviy jarayonni amalga oshirish uchun, bizga aralashtirgichli reaktor va shu jarayonni boshqarish tizimi bo„lishi kerak.

Ushbu texnologik tizim tashqi muhit bilan o`zaro ta`sirda bo„lgani uchun, uning holatini kirish X va chiqish U signallari orqali baholash mumkin. Kirish signali bo`lib odatda xom-ashyo, uning miqdori, tarkibi, temperaturasi va boshqalar bo`lishi mumkin. CHiqish signali bo„lib, tayyor mahsulot miqdori, uning sifati, teperaturasi va boshqalar bo`lishi mumkin.

Texnologik tizimga odatda har xil turtkilar ta‟sir ko`rsatadi va texnologik tizimni belgilangan sharoitlardan chiqaradi. Bu turtki ta`sirlarini kompensatsiya qilish uchun, odatda boshqaruvchi ta`sirlardan foydalaniladi.

Texnologik tizim- murakkab ob`ekt hisoblanib , uni alohida elementlarga (podsistema) dekompozitsiyalash mumkin. Elementlar o„zaro informatsion bir-biri bilan va ob`ekt atrof muxiti bilan bog`liqdir. Bu bog`liqliklar ob`ekt tuzilishini tashkil etadi.

Texnologik tizim mo`ljallangan maqsadga erishishga yo`naltirilgan algoritm bo`yicha ishlaydi. Hamma Texnologik tizimlarni shartli ravishda katta va kichik tizimlarga bo`lish mumkin.

Kichik tizimlar odatda bir tipik jarayon bilan cheklangan bo`lib, ikki tizimlarga bo`lish mumkin. Undagi ichki bog`liqliklar va jihozlarning o`ziga xosligi bilan ajralib turadi.



1.2-rasm


Katta tizimlar, kichik tizimlarning murakkab ravishda mujassamlangan ko`rinishi bo„lib, ulardan ham miqdoriy, ham sifat ko`rsatkichlari bo`yicha farq qiladi. Katta kibernetik Texnologik tizim sifatida kimyoviyssexni yoki korxonani misol qilish mumkin (1.2 - rasm).

Yüklə 139,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin