Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari


ASOSIY QURILMANI TANLASH VA TAVSIFLASH



Yüklə 139,85 Kb.
səhifə12/13
tarix02.01.2022
ölçüsü139,85 Kb.
#43459
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
modellashtirish kurs ishi 120521152222

3. ASOSIY QURILMANI TANLASH VA TAVSIFLASH

Plyonkali bug’latish apparati.Bug’latish jarayonini intensivligini oshirish uchun Plyonkali bug’latish apparatlaridan foydalaniladi. Tabiiy sirkulyatsiyali bug’latish apparatlarida eritma 0,25…1,5 m/s tezlik bilan harakat qilgani uchun va issiqlik almashinish yuzasida qattiq zarrachalar to’planishi natijasida uning unumdorligi kamayadi. Kristallanuvchi eritmalarni bug’latishda issiqlik alamshinish yuzasida hosil bo’lgan ifloslanishlar qatlamini kamaytirish uchun eritmalarnini sirkulyatsiya tezlihi oshiriladi va qaynash zonasi isitish kamerasi tashqarisiga chiqariladi. Bunday bug’latish apparatlarida bug’latilishi lozim bo’lgan eritma isitish trubalarining pastki qismidan yuqoriga qarab harakat qiladi. Isitish trubalarining balandligi 4 -7 metr bo’lib, trubalardagi gidrostatik bosim kata bo’lgani uchun, eritma qaynamaydi. Isitish trubalaridan chiqqan eritma separatorning pastki qismida joylashgan isitish kamerasining kengaygan qismiga o’tib, gidrostatik bosim kam bo’lganlgi uchun qaynay boshlaydi. Shunday qilib, bug’latish jarayoni isitish kamerasidan tashqarida sodir bo’ladi. Sirkulyatsiya qilinayotgan eritma tashqaridagi isitilayotgan trubaga tushib, yana isitish kamerasining trubalariga beriladi. Bug’latilgan eritma separatorning pastki qismidan ajratib olinadi. Ikkilamchi bug’ qaynash zonasida o’rnatilgan to’siqqa urilib, tomchi ushlagich orqali apparatning yuqori qismidan chiqib ketadi. Ikkilomchi bug’gan ajralgan suv tomchilari sirkulyatsiya trubasiga qaytib tushadi. Bunday apparatlarda bug’latilayotgan eritma sirkulyatsiya trubasi ostidan yoki yuqorisidan isitish kamerasining tagiga berilishi mumkun. Eritma trubalarda qaynamaganligi uchun ularning ichida ifloslanish qatlamlari kam bo’ladi. Bug’ bilan eritma o,rtasida temperaturalar farqi ko’proq va qaynash zonasida naporning kam bo’lganligi uchun bunday apparatlarda eritmalarning sirkulyatsiya tezligi 1,8…2 m/s ni tashkil etadi. Sirkulyatsiya tezligining kattalashuvi natijasida apparatning unumdorligi va issiqlik almashinishning intensivligi samarali bo’ladi. Bunday bug’latish apparatlari qovushqoqligi o’rtacha hamda kristallanuvchi eritmalarni bug’latishda qo’llaniladi.



Yüklə 139,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin