So’nuvchi tebranishlar Tebranuvchi sistemaning harakatiga qarshilik ta’sir ko’rsatganligi tufayli energiyasining bir qismini muhitga beradi. Energiya amplitudaning kvadratiga proporsional bo’lganligi uchun energiya kamayishi bilan tebranishning amplitudasi ham kichrayadi. Amplitudaning kamayish qonuni sistema energiyasining sarflanish tezliga bilan belgilanadi.
Majburiy tebranishlar. Rezonans Bir marta boshlang’ich turtki bilan qo’zgatilgan va keyin o’z holiga qo’yilgan sistema, biz yuqorida ko’rganimizdek, faqat sistemaning xossalariga: uning massasiga, qaytaruvchi kuchiga va qarshilikka bog’liq bo’lgan ma’lum chastota bilan so’nuvchi tebranadi. Bunday tebranishlar erkin tebranishlar deb ataladi. So’nish bo’lmagandagi erkin tebranishlar xususiy tebranishlar, ularning chastotalari esa xususiy chastotalar deb ataladi.