Kompyuterning asosiy qurilmalari reja



Yüklə 136,42 Kb.
səhifə2/2
tarix22.09.2023
ölçüsü136,42 Kb.
#147410
1   2
1 - amaliy mashg\'ulot

Markaziy prosessor. Komp`yuterning eng muhim qismini markaziy prosessor, (ya`ni prosessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma`lumotlarni uzgartiradigan, xamma xisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda xisoblash ishlariga tegishli moslamalarning uzaro aloqasini urnatadigan qurilma — prosessor deb ataladi. Arifmetik va mantikiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi kursatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar prosessor zimmasidadir. Bir suz bilan aytganda, prosessor komp`yuterning barcha ishini boshqaradi va barcha kursatmalarini bajaradi.
Mikroprosessor. IBM rusumli komp`yuterlarda prosessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga muvofik boshqa firmalarning mikroprosessorlari urnatiladi. Komp`yuterlar mikroprosessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprosessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari ma`lum.

1 993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprosessorlarini ishlab chiqarib, IBM komp`yuterlariga urnatmokda. Uozirda Respublikamizda IBM rusumli komp`yuterlardan PIII keng tarqalgan. Ayrim korxona va tashkilotlarda,xususan ta`lim muassasalarida, jumladan akademik lisey va kasb-xunar kollejlarida PIV komp`yuterlari xam urnatilib foydalanilmokda.


Operativ xotira. Operativ xotira o’zida komp`yuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga kuchiriladi, olingan natijalar zarur xolda diskka qayta yoziladi. Komp`yuter uchirilishi bilan operativ xotiradagi ma`lumotlar uchiriladi.
Diskli jamlagichlar. Ma`lumotlarni Saqlash, xujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o’tish, bir komp`yuterdan ikkinchisiga utkazish komp`yuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy Saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo’lib, egiluvchan disklar (disketalar) va kattik disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi.
Egiluvchan disklar (disketa­lar)ga ma`lumotlarni yozish va ulardan ma`lumotlarni ukish uchun disk yurituvchi (diskovod) qurilmasi ishlatiladi.
Uozirgi paytda komp`yuterlarda, asosan, 3,5 dyuymli (89 mm), siKimi 1,44 Mbayt bo’lgan disketalar ishlatilib kelinmokda. Bu disketalar kattik plastmassa Ki­lofga uralgan bo’lib, bu ularning ishonchliligini va ishlash muddatini oshiradi.
3,5 dyuymli disketalarda yozishni takiklovchi yoki imkon beruvchi maxsus utkazgichi mavjud. Agar teshikcha bekilgan bo’lsa ma`lumotlar yozish mumkin, aks xolda esa, mumkin emas. Disketadan birinchi bor foydalanganda uni albatta maxsus ravishda formatlash, inisializasiya qilish kerak. Buning uchun WINDOWSning maxsus dasturi kerak bo’ladi.
Kattik disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) komp`yuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni doimiy Saqlashga mo’ljallangan. Masalan, operasion tizim dasturlari, ko’p ishlatiladigan dasturlar paketlari, xujjatlar taxrirlagichlari, dasturlash tillari uchun translyatorlar va boshqalar.
Komp`yuterda kattik diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Foydalanuvchi uchun kattik diskdagi jamlagichlar bir-biridan, ya`ni diskka kancha axborot siKishi bilan farq qiladi. Uozirgi paytda komp`yuterlar asosan siKimi 20 Gbayt va undan ko’p bo’lgan vinchesterlar bilan jixozlanmokda. Fayl serverlar nafaqat katta siKimli, balki tezkor bo’lgan bir nechta vinchesterlar bilan jixozlanishi mumkin.
Diskning ish tezligi ikki ko’rsatkich bilan aniqlanadi:
1. Diskning sekundiga aylanishlar soni.
2. Diskdan ma`lumotlarni ukish va unga ma`lumotlar yozish tezligi.
S huni aloxida ta`kidlash lozimki, ma`lumotlarga kirish vaqti va ukish-yozish tezligi faqat diskovodning uzigagina bog’liq emas, balki disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kontrolerining turi va komp`yuter mikroprosessorining tezligiga xam bog’liq.
Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) komp`yuter tarkibiga k iruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi.
Kiritish-chiqarish portlari orqali prosessor tashki qurilmalar bilan ma`lumot almashadi.
Ichki qurilmalar bilan ma`lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud.
Umumiy portlarga printer, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo’ladi: parallel — LPT1—LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket — COM1—COM3. Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezrok bajaradi.

Monitorlar. Komp`yuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo’ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo’lib, matnli hamda grafik xolatlarda ishlashi mumkin.
Matn xolatida monitor ekrani shartli ravishda aloxida belgi urinlariga (ko’pincha 80 ta belgili 25 ta satrga) bo’linadi. Uar bir uringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatoriga katta va kichiq lotin alifbosi xarflari, raqamlar, tinish belgilari, psevdografik ramzlar va boshqalar kiradi. Rang­li matnlarda xar bir belgi urniga o’zining va fonning rangi mos kelishi mumkin. Bu esa chiroyli rangli yozuvlarni ekranga chiqarish imkonini beradi.
Grafik xolat ekranga grafiklar, rasmlar va boshqalarni chiqarishga mo’ljallangan. Bu xolatda axborotlarni turli yozuvli matnlar shaklida xam chiqarish mumkin. Yozuvlar ixtiyoriy shrift, o’lcham, interval va boshqalarga ega bo’lishi mumkin.
Grafik xolatda ekran yoritilgan va yoritilmagan nuktalardan iborat bo’ladi. Uar bir nukta monoxrom monitorlarda korarok yoki yorugrok, rangli monitorlarda esa, bir yoki bir necha rangda bo’lishi mumkin. Ekrandagi nuktalar soni berilgan xolatdagi monitorning xal etish kobiliyatiga bog’liq.


Shuni ta`kidlash lozimki, xal etish kobiliyati monitor ekranining o’lchamlariga xam bog’liq.


IBM rusumidagi komp`yuterlarda So’nggi paytlarda kerakli sifatga ega bo’lgan tasvirni xosil qilish imkonini beruvchi SVGA va suyuk kristalli (LCD) monitorlari qo’llanilmoqda.
Klaviatura. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma`lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini komp`yuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy Ko’rinishi undagi tugmachalar soni va joy­lanishiga qarab turli xil komp`yuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi uzgarmaydi.
Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va trekbol komp`yuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari xisoblanadi. Ular klaviaturaning urnini tulaligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.
Sichqonchani ulanishining uch usulini ko’rsatish mumkin. Eng ko’p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli sichqonchalar kamrok tarqalgan. Ularni ulash uchun maxsus interfeys yoki «sichqoncha» porti kerak bo’ladi. Uchinchi Ko’rinishdagi ulanish PS/2 stilidagi sichqonchalarda amalga oshirilgan. Uozirgi kunda ular portativ komp`yuterlarda ishlatilmokda.
Trekbol — «agdarilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Trekbolda uning korpusi emas, balki sharcha xarakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo’lgan sichqonchalarga kizikish ortib bormoqda.
Тayanch so’z va iboralar: arifmetik — mantikiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish qurilmalari, arxitektura, Universal EHMlar arxitekturasi, Cheget, El`brus-2, algoritm, prosessor, sistemali blok, monitor va klaviatura, markaziy prosessor, mikroprosessor, operativ xotira, diskli jamlagichlar, egiluvchan disklar (disketalar) va kattik disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar), kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar), kiritish-chiqarish portlari, monitorlar, klaviatura, sichqoncha va trekbol.
Yüklə 136,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin