5.4-rasm. Portlatish skvajinalarining o‘lchamlari.
Skvajinalar chuqurligi (ls) portlatilayotgan pog‘onaning balandligi (Hn), og‘ish burchagi (a) va qo‘shimcha qismi (pog‘ona asosidan pastga burg‘ilangan qismi — perebur), miqdori (1q) kabilarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Skvajinaning qo‘shimcha qismi 1q pog‘ona asosidagi jinslarning sifatli buzilishini ta’minlash maqsadida burg‘ilanadi. Skvajinaga portlovchi modda zaryadi joylashtirilgandan so‘ng zaryad balandligi bilan skvajina og‘zi o‘rtasida qolgan bo‘shliq tiqin bilan to‘ldiriladi.
Skvajinani tiqinlash materiallari sifatida o‘lchami 50 mm gacha bo‘lgan burg‘ilashdan hosil bo‘lgan jins zarrachalari, qum, soz tuproqlardan foydalaniladi. Tiqin uzunligi (lt) portlash natijasida hosil bo‘lgan mahsullar (gazlar) kuchini faqat kon jinslarini buzishga sarflanishi kerak. Aks holda portlash mahsulining bir qismi skvajina og‘zidan atmosferaga chiqib ketadi va jins massivining buzilishi sifati pasayadi. Karyer- larda burg‘ilanadigan skvajinalar gorizontal, qiya va vertikal bo‘lishi mumkin.
Skvajinalarga portlovchi modda zaryadlari sidirg‘asiga yoki uzilma shaklda joylashtirilishi mumkin (5.4-b rasm). Skvajinalar esa portlatilayotgan blokda bir qatorda yoki ko‘p qatorda joylashgan bo‘ladi. Agar skvajinalar bir qatorda joylashgan bo‘lsa, ular orasidagi masofa «a», ko‘p qatorda joylashgan bo‘lsa, har bir qatordagi skvajinalar orasidagi masofa «a» va qatorlar orasidagi masofa «b» hamda qatorlar soni «n» portlovchi modda zaryadlarining parametrlari hisoblanadi. Skvajina markazidan pog‘ona ostki qirrasigacha bo‘lgan gorizontal masofa «W» pog‘onaning asosi bo‘yicha qarshilik ko‘rsatish chizig‘i deyiladi.
Burg‘ilab-portlatish — burg‘ilash, burg‘ilangan skvajinalarni zaryadlash va zaryadlarni portlatishga oid ishlar majmuyidir. Pog‘onalarda skvajinalar bir, ikki va uch qator burg‘ilanadi. Burg‘ilash ishlari aylanma yoki aylanma-zarbali stanoklar yordamida bajariladi. Bu stanoklar shnekli va sharoshkali turlarga bo‘linadi.
Ular SBSH-SBR-125 va SBR-160 rusumli stanoklar bo‘lib, diametri 125—160 mm, chuqurligi 25 m gacha bo‘lgan gorizontal, qiya va vertikal skvajinalarni burg‘ilashda qo‘lla- niladi. Sharoshkali stanoklar qattiq qoyasimon kon jinslarini burg‘ilashda qo‘llaniladi.
Uning ishchi organi qattiq qotishmalardan yasalgan tishli sharoshka — dolota bo‘lib, diametri 150—400 mm, chuqurligi 60 m gacha bo‘lgan skvajinalarni burg‘ilashda qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda karyerlarda SBSH-200, SBSH-200N, SBSH-250MN, SBSH-250K, SBSH-320 va SBSH-400 rusumli burg‘ilash stanoklari skvajinalarni burg‘ilashda keng qo‘lla- nilmoqda.
Portlatish ishlarini olib borishda portlovchi modda sifatida, asosan, donador portlovchi moddalar (granulitlar, igdanitlar), ayrim hollarda esa, kukunsimon (ammonitlar, amonallar) portlovchi moddalar ishlatiladi. Zaryadlarni portlatish, asosan, detanatsiya piliklari yoki elektrik usulda amalga oshiriladi.
Kon jinslari massivini portlatish asosida buzishda portlovchi moddalarni yuklash va tushirish, ish joyiga tashib keltirish, zaryadlarni skvajinalarga joylashtirish, skvajinalarni tiqinlash ishlari yordamchi jarayonlar hisoblanadi.
Portlovchi moddalarni karyerga tashib keltirish va skvajinalarni zaryadlash MZ-3, MZ-4 va boshqa rusumli zaryadlash mashinalari yordamida bajariladi. Bu mashinalarning smenalik unumdorligi 15—20 t ni tashkil qiladi. Skvajinalarni tiqinlash 3S-2 va 3S-1B rusumli mashina-bunker ko‘rinishidagi mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Bu mashinalar tiqin materiallarini karyerga tashib keltirib, skvajinalarga to‘kish ishlarini bajaradi va bir smenada 150 tagacha skvajinani tiqinlash quvvatiga egadir.
Portlatilgan kon massasi tarkibida ma’lum miqdorda noga- barit bo‘laklar bo‘lishi tabiiy. Nogabarit bo‘laklarni yuklash va transport vositalarining ishchi organlari parametrlariga moslash uchun ularni turli usullarda qayta maydalash talab etiladi. Nogabaritlarni qayta maydalash jarayoni ikkilamchi maydalash deb yuritiladi.
Nogabaritlarni ikkilamchi maydalash portlatish, termik, elektrotermik va mexanik usullarda amalga oshiriladi. Portlatish usulida nogabarit bo‘laklarni ikkilamchi maydalash shpurga joylashtirilgan yoki ustquyma portlovchi modda zaryadlari orqali bajariladi. Ustquyma zaryadlar kichik hajmdagi, oson maydalanadigan mo‘rt kon jinslarini mayda- lashda qo‘llaniladi.
Ikkilamchi maydalashning shpurli usulida nogabarit kon jinsiga diametri 25—60 mm, chuqurligi nogabarit qalinligining
25—0,5 qismiga teng bo‘lgan shpurlar burg‘ilanadi.
Ularga yuqori brizantli portlovchi moddalar zaryadlari joylashtiriladi. Portlash kuchidan maksimal foydalanish maq- sadida shpurlar suyuq modda (suv, tuz eritmasi va boshqalar) bilan tiqinlanadi. Shpurlarni suyuq modda bilan tiqinlash portlovchi modda zaryadidan samarali foydalanishni, shu bilan bir qatorda, portlatilgan jins bo‘laklarining atrofga tarqalish (uchib ketishi) radiusi qisqa bo‘lishini ham ta’minlaydi. Nogabaritlarni mexanik usulda ikkilamchi maydalash kran yoki ekskavatorga sim arqon orqali osilgan og‘ir jismning erkin tushish kuchi ta’sirida amalga oshiriladi. Jism shakli shar yoki silindr ko‘rinishida bo‘lib, og‘irligi 1,5—5 tonna bo‘ladi.
Termik va elektrik ikkilamchi maydalash usullari nogabarit bo‘laklarni reaktiv gorelkalar, elektr yoki boshqa vositalar yordamida qizdirishga asoslanadi. Ochiq kon ishlari amaliyo- tida bu usullar kam qo‘llaniladi.
Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini kavjoydan ajratib olib, uni transport vositalariga yoki kon jinslari ag‘darmalariga eltib berishni o‘z ichiga oladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan, ekskavatorlar bajaradi. Shu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon bo‘lib, qazish-yuklash ishlari deb yuritiladi.
Karyer (razrez)larda qazib-yuklash ishlari uzlukli (siklli) va uzluksiz prinsipda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir cho‘michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g‘ildirakli skreperlar, buldozerlar va shu kabi mexanizmlar siklli qazib- yuklovchi mashinalar hisoblanadi. Bu mashinalarning ishchi organi davriy ravishda harakatlanuvchi faqat bitta cho‘mich yoki qirqich unsuri (buldozer pichog‘i — lemexi)dan tashkil topadi.
Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar (ko‘p cho‘michli zanjirli va rotorli ekskavatorlar) ishchi organi (cho‘michli, qirg‘ichli) halqasimon trayektoriya bo‘yicha harakatlanishi tufayli kon jinslarini qazib olib yuklash ishlarining uzluksizligini ta’minlaydi.
Karyerda to‘g‘ri mexanik bir cho‘michli, teskari bir cho‘- michli va draglaynlar keng qo‘llaniladi (5.5-rasm).