Foydalanilgan adabiyotlar
Fayzullaеv О. “Analitik kimyo asоslari”. T., “A.Qоdiriy nоmli nashriyot”, 2003, 157-166 bеt.
2. Mirkоmilоva M. “Analitik kimyo”. T., “O’zbеkistоn”, 2001, 235-259 bеt.
3.Хaritоnоv YU.YA. “Analitichеskaya хimiya. Analitika”. M.VSH. ch. II, 2003, s.38-68.
Mavzu; Foydali qazilmalarni boyitishning maxsus usullari
Rejasi
1. Boyitishning maxsus usullari
2. Minerallarning xucusiyatlari
3.Ximiyaviy analiz
4. Shlix analizi
Oddiy saralash - ajratilayotgan minerallarning tashqi kо‘rinishi; rangi, yaltiroqligi, shakli va ba’zi-bir minerallarning о‘ziga xos xususiyatlari - radiofaolligi, nurni qaytaruvchanligi, nurda о‘z rangini о‘zgartiruvchanligi kabi xossalarga asoslangan.
Bu usul bilan minerallarni bir-biridan ajratish qо‘lda yoki zamonaviy asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Buning uchun quyidagilarni bilish lozim.
Minerallarin mо‘rtligi deganda, uni urganda uqalanib va maydalanib ketish xususiyati tushuniladi. Mо‘rt minerallarni urganda, zarba tekkan joydan boshlab hamma tarafga har xil yо‘nalish bо‘yicha juda kо‘p miqdorda darzliklar yuzaga keladi. Bu minerallarni chizganda kukun hosil bо‘lib maydalanib ketadi.
Minerallarning qayishqoqligi deganda ularni tashqi deformatsiya kuch ta’sirida о‘z shaklini о‘zgartirishi va о‘sha kuch ta’siri yо‘qolgandan sо‘ng yana asl holiga qaytib kela olish xususiyati tushuniladi. Bunga slyudalar gruppasiga kiruvchi minerallar misol bо‘ladi.
Minerallarni urganda yoki pichoq bilan chizganda ayrim minerallar uqalanib, maydalanib ketmay ularni yuzida tekis silliq yuza hosil bо‘ladi. Bu minerallarni pachaqlanuvchanlik xususiyatidan dalolat beradi. Bu asosan sof tug‘ma metallar (oltin, kumush, mis) uchun xarakterilidir. Bu minerallar bilan farfor plastikaga chizganda yaltiroq metallsimon iz qoldiradi.
Dostları ilə paylaş: |