4.3. Ish haqining mohiyati va uni tashkil etish. Korxonalarda mexnatga xaq to‘lashni oqilona tashkil qilish xodimlar faoliyatini rag‘batlantirish, tayyor maxsulot va mehnat bozorida raqobatchilikni, rentabellikni va mahsulotlarning daromadliligini ta’minlashi lozim. Mehnatga haq to‘lashni oqilona tashkil etishdan maqsaduning xajmi va xodimning korxona xo‘jalik faoliyatiga mehnat faoliyatida qo‘shgan xissasiga mos kelishini ta’minlash, ya’ni mehnat o‘lchami va iste’mol o‘lchami o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashdir.
Ish xaqi - xar bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taksimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir.
Xodimlar mehnatiga xaq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb kilingan mehnat resurslarining baxosidir. Ish xaqi - maxsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga xaq to‘lash uchun sarflanuvchi qismi.
Ish xaqining nominal va real turlari mavjud:
Nominal ish xaqi - xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun xisoblangan va to‘langan ish xaqidir.
Real ish xaqi - nominal ish xaqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori: real ish xaqi - nominal ish xaqining "iste’mol qobiliyati"dir.
Korxonalarda ish xaqi soxasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda kuyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:
adolatlilik, ya’ni bir xil mehnat uchun bir xil xaq to‘lash;
bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini xisobga olish;
mehnatning zararli sharoitlari va og‘ir jismoniy mehnatni xisobga olish;
sifatli, sidqidildan mehnat qilishni rag‘batlantirish, yo‘l ko‘yilgan yo‘qotishlar yoki o‘z majburiyatlariga mas’uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;
mehnat unumdorligi sur’atini o‘rtacha ish xaqining o‘sish sur’atlariga nisbatan tezrok o‘stirish;
ish xaqi miqdorini inflyasiya sur’atlariga mos ravishda muvofiklashtirish;
mehnatga xaq to‘lashning korxona extiyojlariga to‘liq javob beruvchi ilg‘or shakl va tizimlarini qo‘llash.
Mehnatga xaq to‘lashning ishbay va vaqtbay usullari mavjud.
Mehnatga ishbay xaq to‘lash ishlab chikarilgan maxsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan xaqni anglatadi.
Korxonalarda fakat ishbay emas, balki ishbay - mukofotli xaq to‘lashdan foydalaniladi. Mehnatga ishbay - mukofotli xaq to‘lashda ishchi bajargan ishiga xaq olishdan tashkari, mukofotga xam ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - maxsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, maxsulot sifatini oshirish, xomashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.