Konchilik ishi va metallurgiya



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə128/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

3-jadval
Muammoni o‘rganilganlik darajasiga asosan
baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

Talabalar
ro‘yxati

Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot ob’ekti aniqlangan
maks.1 b

Muammoli va-ziyatning kelib chiqish sababi va dalillari aniq ko‘rsatilgan
maks. 4 b

Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari aniq ko‘rsatilgan maks.5 b

Jami
maks.10 b


















4-jadval
Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

Guruhlar
Ro‘yxati

Guruh faol
maks. 1 b

Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi
maks.4 b

Javoblar to‘liq va aniq berildi

maks.5 b


Jami
maks.10 b
















8 - 10 ball – “a’lo” 6 - 8 ball – “yaxshi”
4 - 6 ball – “qoniqarli” 0 - 4 ball – “qoniqarsiz”
Muammoli vaziyatni echish bo‘yicha takliflar:
Korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlashdir. Bu esa korxonaning foydasini ko‘paytirishni, mavjud aylanma aktivlardan samarali foydalanishni talab qiladi.
Foydani oshirishning asosiy yo‘llariga quyidagilar kiradi: mahsulot bahosini oshirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarish tuzilishini o‘zgartirish.
Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chikarish saloxiyatidan foydalanish borasida xam ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Korxonalar ishlab chikarishni yangilash va modernizatsiya kilish uchun katta mablag‘ sarflaydilar, ko‘p mikdordagi xorijiy investitsiyalarni jalb etadilar.
Tahlil qilayotgan yillarda korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshmoqda. Korxonada kreditorlik va debitorlik qarzlarining ko‘payganligi ham foydaning kamayishiga olib kelishi mumkin. SHuningdek moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarning ortishi xam foydaning kamayishiga olib kelgan. YA’ni:
1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlar (investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar.
2. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari.
3. CHet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar.
4.Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar.
5. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan, salbiy diskont.


Blits savollar:

  1. Umumxo‘jalik faoliyatdan foyda va soliq to‘langungacha foyda qanday aniqlanadi?

  2. Sotishdan foyda nima va u qanday hisoblanadi?

  3. Sof foyda korxonada qanday rolni o‘ynaydi?

  4. Ishlab chiqarish rentabelligi nima?

  5. Mahsulot rentabelligi nimani ko‘rsatadi?

  6. Ishlab chiqarish rentabelligiga ta’sir qiluvchi omillarni ayting.




Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin