Konchilik ishi va metallurgiya



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə163/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

Tizimlar nazariyasi – XX asrning 50-yillarida boshqaruvga qo‘llanilagan nazariya.
Tizimli yondashuv – rahbarning boshqaruv sub’ekti sifatida korxonani (boshqaruv ob’ektini) tizim tarzida boshqaruv tarzi.
Trest - turli korxonalar birga qo‘shilib, tashkil etilgan yirik birlashma.
Tuzilma – soha, tarmoq, korxona yoki xo‘jalik, buyum tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashuvi, tuzilishi.
Uskunalarni zamonaviylashtirish – harakatdagi uskunalar konstruksiyasiga, uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilovchi sezilarli o‘zgartirishlar kiritish.
Uslub– bu ishlash, boshqarishdagi o‘ziga xos yo‘l, usul tadbiqi.
Ustama xarajatlar – ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab chiqarish va korxona boshqaruviga xo‘jalik xizmati ko‘rsatishga oid bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlari.
Usul – bu tadqiq qilish yoki ta’sir ko‘rsatis vositasi, boshqarish funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir o‘tkazish tarzi.
O‘zgaruvchan xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish hajmiga proporsional bog‘liq bo‘lgan (xom ashyo, elektroenergiya, transport va h.k) xarajatlar.
Fan-texnika taraqqiyoti - fan, texnika, texnologiyalar rivojlanishi, mehnat predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning uzluksiz, innovatsion rivojlanish jarayoni.
Firma - huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona yoki turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi.
Foyda – korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijasi; pul tushumi va xarajatlar o‘rtasidagi farq.
Fond qaytimi – asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi mahsulot (xizmat, ish) miqdori.
Fond sig‘imi –fond qaytimiga teskari bo‘lgan nisbat bo‘lib, asosiy ishlab chiqarish fondlari o‘rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida hisoblanadi.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin