Aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo‘linadi:
ishlab chiqarish zaxiralari;
tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor maxsulotlar;
kelgusi davr xarajatlari.
Ishlab chiqarish zaxiralari - ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor maxsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, extiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallaridan iborat mehnat predmetlari.
Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir kadar o‘zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor maxsulot yoki yarim fabrikat xosil qiladi.
Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farq kilmok kerak. Xom ashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilma konlari, o‘rmon maydonlari, uy xayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chikarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina (Mehnat vositasi yordamida ovlangan xayvonlar, qazib olingan ma’danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar) xom ashyoga aylanishi mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish- ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli bosqichlarni o‘tayotgan xali to‘liq maxsulot xoliga kelmagan materiallar.
YArim tayyor maxsulotlar - texnologiya jarayonlarining ayrim bosqichlarini o‘tgan, lekin tayyor maxsulotga aylanishi uchun keyingi bitta yoki bir nechta ishlov berish va yig‘ish bosqichlarini talab qiluvchi mehnat buyumlari.
Kelgusi davr harajatlari - ayni paytda ishlab chikarilayotgan, lekin kelajakdagi maxsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi maxsulotlarni tayyorlash xarajatlari (asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, maxsulotlarning yangi turlarini tayyorlashga sarflanuvchi xarajatlar yangi turdagi maxsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘kitish va qayta tayyorlash xonalarini ijaraga olish).
Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zaxirasini yaratish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Muomala fondlari va aylanma fondlari birgalikda korxonaning aylanma mablag‘larini tashkil qiladi.
Aylanma mablag‘lardan йuyidagi рollarda foydalaniladi:
xomashyo, material, extiyot qismlar xamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda, zarur bo‘lgan mehnat predmetlari sotib olishda;
ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg‘i kabi resurslar uchun xaq to‘lashda;
korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish xaqi to‘lanishi;
solik va boshqa to‘lovlarni to‘lashda.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari aylanma mablag‘larning eng faol qismi bo‘lsa, muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi xamda yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi. Aylanma mablag‘lar doimo aylanishda bo‘lishi zarur, ularning samaradorligi va korxona iktisodiga ta’siri shunda ko‘zga tashlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiy qismlari yoki elementlari o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o‘rtasidagi foizlardagi munosabatlar korxona aylanma mablag‘larining tuzilmasi deb ataladi.