Konchilik ishi va metallurgiya



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə66/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

Komplekslilik tamoyili ishlab chiqarishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqarishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab chiqarishning resurs asoslarini ta’minlashda, to’rtinchidan, ishlab chiqarishdagi “tor joylarni” hisobga olish va ularni yo’qotish chora-tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o’z mehnatlari natijasidan moddiy va ma’naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning mo’ljallanayotgan daromad yoki foyda olishini amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Proporsionallik nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, balki ishlab chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur proporsiyalarga amal qilish ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining sexlar va ish joylari bo’yicha hamda ishlab chiqarish bosqichlarida to’g’ri taqsimlanishiga va ulardan to’g’ri foydalanishga ko’maklashadi. Proporsiyalarga amal qilmaslik esa, aksincha, ishlab chiqarishning ba’zi uchastkalarda kuchayib, boshqalarida pasayishiga, ya’ni disproporsiyalarning vujudga kelishiga hamda korxonalarning noritmik tarzda faoliyat yuritishiga sabab bo’ladi. Zaruriy proporsionallikni ta’minlashda ishlab chiqarishni tashkil etishni texnik-iqtisodiy normalashtirish katta rol o’ynaydi.
Rejalashtirishning uzluksizligi ishlab chiqarishni va umuman, korxona faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil amalda joriy rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiqboldagi rejalarning esa bashoratlar (prognoz) bilan bog’liq bo’lishida o’z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirish qisqa muddatli tavsifga ega bo’lgan indikativ reja tabiatiga mos kelmovchi, yanvardan martgacha yoki martdan dekabrgacha, ya’ni “...dan” “...gacha” tamoyili asosida amalga oshirilmasligi lozim. Rejalashtirishning “...dan” “...gacha” tamoyilini inkor qilganda biz avvalo vaqt bo’yicha rejalashtirish uzilishining oldini olishni ko’zda tutamiz. Masalan, o’sha indikativ reja o’z davomiga ega bo’lishi, ya’ni korxona o’z faolitini yanvar-mart oylariga rejalashtirganda keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vazifalarni ham, albatta, bozor kon’yunkturasi, iste’molchilar manfaati va ishlab chiqarish holatlarining o’zgarishini ko’zda tutishi lozim. Bu vazifa asosan yil davomida amalga oshiriluvchi rejalarni aniqlashtirish va muayyanlashtirish yo’li bilan bajariladi.
Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi. Rejalar barcha ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo’ldosh mahsulotlardan keng foydalanishni inobatga olgan holda iloji boricha rasional va unumli foydalanishni ta’minlashi hamda yuqori natijalarga erishish uchun eng samarali yo’llarni tanlashi kerak.
Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va elektron hisoblash mashinalarini qo’llash, rejalarning bir nechta variantlarini ishlab chiqish yordamida erishiladi. Ko’p variantlilik eng tejamkor reja varianti yoki korxona faoliyati dasturini tanlashga imkon yaratadi.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin