Konda bajariladigan geologik ishlarini rejalashtirish asoslari


-rasm. Burg’ilanayotgan shuqur razvedka quduqlari hajmi (M) bilan neft zaxirasi miqdorining (Q) o’sishi oralig’i-dagi bog’liqlikning silliqlan-gan egri shizig’i



Yüklə 67,81 Kb.
səhifə2/3
tarix17.10.2023
ölçüsü67,81 Kb.
#156567
1   2   3
15-mavzu

15.1-rasm. Burg’ilanayotgan shuqur razvedka quduqlari hajmi (M) bilan neft zaxirasi miqdorining (Q) o’sishi oralig’i-dagi bog’liqlikning silliqlan-gan egri shizig’i
Yaxlitlashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha istiqbolli zaxiralarni hisoblashda neft konlarini quyidagi xillarga bo’lish mumkin: ishlatilayotgan konlar; ochilgan, lekin ishga tushirilmagan konlar; rejalashtirilayotgan davr boshlangunga qadar ochilmagan, lekin rejalashtirilgan davrda ochilib, ishga tushiriladigan va b.
Ishlatilayotgan konlar bo’yicha bajariladigan hisob-kitoblar gidrodinamik metodlar va elektromodellash yordamida amalga oshiriladi. Bu metodlar loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan istiqbolli texnologik sxemalar va loyihalarni tayyorlashda keng qo’llaniladi. Biroq tajribalar shuni ko’rsatayaptiki, mahsuldor ob’ektlarning geologik-fizik jihatdan har xilligi kondan uzoq muddat foydalanish uchun texnologik ko’rsatkichlarni zamonaviy (gidrodinamik) metodlar bilan etarli darajada aniq hisob-kitob qilishga imkon bermaydi. Shu boisdan keyingi paytda konning ishlatishni loyiha ko’rsatkichlarini tezkor aniqlashning turli usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu usullar konni ishlatishning boshlang’ich davrida olingan daliliy ko’rsatkichlari bilan quduqlar unumdorligini pasayish koeffitsienti1 oralig’idagi statistik bog’liqlikni tahlil va hisob-kitob qilishga asoslangan.
Volga-Ural neftgazli provintsiyasining ayrim konlarining texnologik ko’rsatkichlarini rejalashtirishda uyumning ishlatishning aniq sharoitlarini tahlil qilishga asoslangan metodlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Bu metodlarning mohiyati quyidagicha: konni ishlatishning o’tgan davridagi aniq texnologik ko’rsatkichlari oralig’idagi bog’liqlik tadqiq qilinadi; loyihadagi va haqiqiy ko’rsatkichlar nomuvofiqligi sabablari va miqyosi aniqlanadi; loyiha ko’rsatkichlarini uyumni ishlatishning aniq geologik-texnologik sharoitlariga muvofiqlashtirish uchun ularga kelajakda kiritiladigan tuzatishlar aniqlanadi.
Ochilgan, lekin ishlatish boshlanmagan konlardan neft qazib olishni aniqlash murakkabroq. Ushbu konlar bo’yicha istiqbolli rejalashtirishdagi loyihaviy ko’rsatkichlar razvedka quduqlaridan hamda o’xshash konlardan olingan statistik ma’lumotlar bo’yicha belgilanadi va bu ma’lumotlar ekstrapolyatsiya qilinadi.
Ochilmagan (yangi) konlar bo’yicha zaxiralarni hisoblash o’xshash konlarni o’rganish yo’li bilan olib boriladi va bunda zaxiralarining zaruriy o’sishini ta’minlash maqsadida neft uchun chuqur razvedka burg’ilashlarining zaruriy hajmi hisobga olinadi. Shu maqsadda chuqur razvedka burg’ilashlari hajmi va zaxiralarning o’sishi o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanadi hamda kelajakda amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligini ta’minlaydigan tuzatishlar hisobga olinadi (15.1-rasm).
Zaxiralarning o’sishi chuqur razvedka burg’ilashlari hajmiga bog’liqligi ma’lumotlariga asoslanib har bir yangi neft-gazli rayonning yaxlitlangan ko’rsatkichlari hisoblanadi, bunda uning regional xususiyatlari va mazkur region uchun belgilangan debitning o’zgarish koeffitsienti hisobga olinadi.
Istiqbolli rejalashtirishning muhim bo’limlaridan biri neft konlarida zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalanishni bashoratlashdan iboratdir. Sohani yuksaltirishning istiqbolli rejalarida fan va texnika taraqqiyotining eng yirik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish belgilanishi kerak. Geologik razvedka ishlari sohasida yangi neftgazli provintsiyalarni aniqlash, yanada chuqurroq joylashgan stratigrafik majmualarda va shelflarda neft izlash, izlanish va razvedkaning geofizik metodlarini takomillashtirish, neft konlarini izlashda aero va kosmik tadqiqotlardan foydalanish muhim hisoblanadi.



Yüklə 67,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin