Konflikt haqida umumiy tushuncha Konfliktning mazmuni va mohiya (1)
Konfliktni anglash obyektiv faktlarni tan olish demakdir. Bu faktlar sizning manfaatlaringizga qarshi bo’lishi mumkin. Ammo siz konfliktning yechimini haqiqatan ham topmoqchi bo’lgangiz, barcha faktlarni, ular sizga yordam bersa ham, ular sizga halaqit bersa ham, tan olish yo’lidan bormog’ingiz darkor bo’ladi. Konfliktga aynan u kelib chiqqan vaziyatdan boshlab baho bering. Biroq agar mana shu vaqtda sizning kayfiyatingiz “pachoq” bo’lsa, mana shu “yomon” kayfiyatni tan olishdan o’z ishingizni boshlang. Sizning o’z kayfiyatingiz yomonligi tan olishingiz, u sabab noto’g’ri amallar qilmasligingiz uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Siz o’z kayfiyatingiz va xissiyotlarning ortganligini tan olishingiz mana shu emosiyalar ichida noto’g’ri xukm chiqarishdan sizni saqlab qoladi.
Ikkinchi qadam: Konflikt vaziyatda inson mana shu vaziyatning bo’lmasligi mumkinligi, ideal holatda uning qanday bo’lishi mumkinligi masalasiga juda katta kuch sarflaydi. Siz ziddiyat orqali eng aziz odamlaringiz bilan munosabatlarning buzilganligidan hijolat bo’lasiz, ularni yangitdan o’rnatmoqchi bo’lasiz. Hayollaringiz turli harakatlarni belgilab beradi. Bu holatda siz ko’proq reallikdan uzoqlashib, hayollaringizda yashaysiz. Ammo konflikt vaziyatni hayollarga erk berib hal qilib bo’lmaydi.
“U menga bunday qo’pol gapirmasligi kerak edi”, “Men o’zi unga kimman, agar meni hurmat qilsa, bunday demagan bo’lar edi”, “Nimaga u hammaga kulib qarayveradi”, “U o’ziga hamma qaraganidan lazzat oladi, aslida meni qiynamoqchi”, “U o’z zimmasidagi vazifalarni yaxshi bajarishi kerak, bo’lmasa uning keragi yo’q”, “U hadeb meni niqtayveradi, har doim, u nima derkin, deb yashashim kerakmi?!”, “Nima uchun u mening hayotimga aralashadi, men mustaqil odamman-ku”, “Boshliq bo’lsa o’ziga, nima, hadeb baqiraverishi kerakmi?!”... Mana shunday fikrlar konfliktlar doirasida inson ichki emosional holatining kuchayib ketganligida ro’y beradi.
Bunday holatlarga biz o’zga odamlar qilgan amallarni o’zimizning emosional qadriyatlarimiz bilan o’lchaymiz, ammo ularning o’z emosional qadriyatlari mavjudligini esdan chiqaramiz. Biz uchun o’z emosional qadriyatlarimiz – dunyodagi eng to’g’ri formula bo’lib ko’rinadi. Ammo ana shu emosional formulamizni o’z-o’zimizga ishlatib ko’rsak-chi?! Har doim ham o’zimiz eng yaxshi bahoga loyiqmiz-mi?! Insonlar uchun o’ziga nisbatan shubha bilan qarash, o’zining qilgan ishlaridan qoniqmaslik xislatlari ham xos.