ko’chado’quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o’rtasida sodir bo’lishi mumkin.Konfliktlar, odatda, ko’p vaqt odamlar birga bo’ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan psixologik va ruhiy muloqotda bo’ladigan holarda, ular ma’lum muddat o’zaro birga bo’lishga majbur bo’lgan paytlarida ko’proq sodir bo’ladi.Shu nuqtai nazardan bugungi kunda insonlar o’rtasida yuzaga keladigan turli konfliktlar va ularni bartaraf etishning pedagogik-psixologik usullarini tadqiq qilish dolzarb pedagogik muammolardan biridir. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz kurs ishimizning mavzusini “Konflikt chegaralari. Konflikt sabablari va motivlari " deb nomladik. Kurs ishining maqsadi:Konfliktli vaziyatlar va ulari o'rganishning asosiy sabablari haqida ma'lumotlar to'plash mavzusida belgilangan bo’lib, konfiliktlarning mohiyati, ularning tabiati, kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etishning pedagogik-psixologik usullarini aniqlash asosiy maqsadhisoblanadi. Kurs ishing obekti: Insonlar o’rtasida yuzaga keladigan konfliktlar sabablari va ularni bartaraf etish jarayoni. Kurs ishining predmeti: Konfliktlarni bartaraf etishning pedagogik psixologik usullari. Kurs ishing vazifalari: 1. Mavzuga oid mavjud ilmiy va o’quv adabiyotlarni tahliliy o’rganish 2. Insonlar o’rtasida yuzaga keladigan konfliktlarni hal qilishning umumiy qoidalarini yoritish 3. Konfliktga olib keluvchi vaziyatlar, konflikt chegaralari va ularni taxlil qilish usullarini tavsiflash 4. Konfliktlarni bartaraf etishning pedagogik-psixologik usullarini aniqlash hamda xulosa va tavsiyalarni shakllantirish.