4.2. Oddiy foizlarda pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini aniqlash Qoidaga koʻra oddiy foizlardan qisqa muddatli, bir yil yoki undan kam muddatlarda
oʻtkaziladigan moliyaviy operatsiyalarda qoʻllaniladi. Bunday holatda har bir davr
uchun foiz hisoblashda baza sifatida shartnomadagi dastlabki summa olinadi.
Oddiy foizlar boʻyicha oʻsish hisoblanishi Umumiy holda yillik oddiy foiz stavkalari boʻyicha mablagʻlar kelgusi qiymati
quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
,
(4.1)
bu yerda FV – kelgusi qiymat; PV –
joriy qiymat;
n – davr (yillar soni) r – foiz
stavkasi.
Amaliyotda qisqa muddatli operatsiyalar davomiyligi odatda bir yildan kam boʻladi.
Bunday holatda operatsiya amalga oshiriladigan muddat quyidagi shaklda aks ettiriladi:
(4.2)
bu yerda t – operatsiya oʻtkaziladigan kunlar soni; V – vaqt
bazasi (yil kunlari soni 360, 365 yoki 366).
Operatsiya
muddati aniqlashtirilgan holda kelgusi qiymatni quyidagi
formula bilan aniqlash mumkin:
(4.3)
Odatda operatsiya muddatini aniqlash jarayonida uning boshlanish va tugash kunlari bir
kun hisoblanadi.
Tahlil oʻtkazish jarayonida vaqt bazasi (V) sifatida qulaylik uchun shartli ravishda
moliya yili 360 kun (12 oy 30 kundan)dan iborat deb olinadi. Bunday baza boʻyicha
hisoblanadigan foizlar odatiy yoki tijorat foizlari deb yuritiladi. Aniq foizlarda esa vaqt
bazasi olinayotganda haqiqatdagi yil kunlari soni 365 yoki 366 kun olinadi.
Misol koʻrib chiqamiz.
10 000 birlik qiymatga teng mahsulot 30 kunga toʻlov kafolati olingan holda xaridorga
tijorat krediti tarzida berildi. Kredit boʻyicha yillik foiz stavkasi 30%. Shartnoma
boʻyicha muddat yakunlangach xaridordan qancha mablagʻ olinadi?
a)
Odatiy foizdan foydalangan holda hisoblaymiz:
FV = 10 000x(1+0,30x(30/360)) = 10250 birlik ;
b)
aniq foizlardan foydalangan holda hisoblaymiz:
FV = 10 000x(1+0,30x(30/365)) = 10 246,57 birlik. Oʻz navbatida, operatsiya davomiyligi muddati
t oy boʻyicha olinganda shartli
ravishda 30 kun yoki oy boʻyicha haqiqatdagi kunlar soni olinadi.
Shunday qilib, t va V parametrlariga bogʻliq holda operatsiya muddati quyidagi
variantlarda hisoblanishi mumkin:
365/365 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq soni va yil boʻyicha
haqiqatdagi kunlar soni;
365/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq soni va moliya yili (12
oy 30 kundan iborat deb olinadi);
360/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning taxminiy soni (bir oy 30 kunga
teng deb qabul qilinadi) va moliya yili (12 oy 30 kundan iborat deb olinadi).
Odatiy foizlar (360/360) tahliliy hisob-kitoblarda foydalanish uchun juda qulay. Bu
jihat ularning koʻplab rivojlangan davlatlar, xususan AQSh va Yevropa mamlakatlari
amaliyotida qoʻllanilishi bilan izohlanadi.
Oʻzbekiston amaliyotida asosan operatsiya oʻtkaziladigan kunlar aniq soni va moliya
yili (365/360) amaliyotda qoʻllaniladi. Rossiya Federatsiyasi amaliyotida esa aniq
foizlar (365/365) qoʻllaniladi.
Aniq foizlarni formula boʻyicha hisoblash operatsiyalar oʻtkaziladigan kunlarning
haqiqatdagi sonini aniqlashni talab etadi. Bunda foizlar boʻyicha ma‘lumotlar aks etgan
maxsus jadvallardan yoki kompyuter dasturlaridan, masalan Microsoft Excel dasturidan
foydalanish tavsiya etiladi.
10 000 birlik pul mablagʻining yillik 10%, 15% va 20%lik stavka boʻyicha kelgusi
qiymati quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval).
2-jadval