Konsepsiyasi



Yüklə 135,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix26.12.2023
ölçüsü135,35 Kb.
#197875
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-MAVZU



PUL MABLAGʻLARINING VAQT BOʻYICHA QIYMATI 
KONSEPSIYASI 
Reja: 
4.1.
Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatining iqtisodiy mohiyati va 
moliyaviy operatsiyalarda vaqt omilini hisobga olishning ahamiyati... 
4.2.
Oddiy foizlarda pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini aniqlash 
4.3.
Murakkab foizlarni qoʻllash orqali pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha 
qiymatini aniqlash 
Tayanch soʻz va iboralar: 
pul mablag‟lari, vaqt bo‟yicha qiymat, foiz, moliyaviy 
operatsiya, oddiy foiz, murakkab foiz, annuitet, diskont stavka, qayta moliyalash 
stavkasi, bank foizi va marja, dastlabki qiymat, kelgusi qiymat 
 
4.1.
 
Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatining iqtisodiy mohiyati 
va moliyaviy operatsiyalarda vaqt omilini hisobga olishning ahamiyati 
Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati (
time-value of money
) konsepsiyasi 
korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga 
muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan pul mablagʻlari bir xil boʻlmagan 
qimmatga egalik qiladi. Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik 
qilish vaqti pul mablagʻlarining miqdoriga nisbatan katta amamiyatga ega. Masalan, 
milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt oʻtgandagiga nisbatan qadrliroq. 
Ya‘ni u ayni paytda joriy iste‘molni qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda 
qoʻshimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida qoʻyilishi mumkin. 
Ma‘lum vaqtdan soʻng zarur miqdordagi pul mablagʻlariga egalik qilish uchun korxona 
ma‘muriyati mavjud pul mablagʻini hozirning oʻzida yoʻnaltirish lozim boʻladi. Bunda 
qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablagʻlarining joriy vaqtdagi 
qiymati (
present value - PV
)dan kelib chiqqan holda baholashni amalga oshirish lozim. 
Pul mablagʻlarining joriy qiymati va kelgusi qiymatini baholash uchun moliyachilar pul 
oqimlarini diskontlash boʻyicha maxsus metodikadan foydalanadilar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish jarayonida vaqt omili 
muhim rol oʻynaydi. Shundan kelib chiqqan holda biznesning oltin qoidasi hisoblangan 
quyidagi fikr shakllangan: 

Yüklə 135,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin