Konspekt Mavzu: industlаshtirish siyosаtining o`rtа оsiyogа tаdbiq etilishi: ijоbiy vа sаlbiy jihаtlаri


Mavzuga oid ma’lumotlar 133-137-betlarda berilgan



Yüklə 49,73 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü49,73 Kb.
#209411
1   2   3
Konspekt Mavzu industlаshtirish siyosаtining o`rtа оsiyogа tаdb-fayllar.org

Mavzuga oid ma’lumotlar 133-137-betlarda berilgan
Mavzu: Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan iqtisodiy va madaniy siyosati, uning mustamlakachilik mohiyati. Siyosiy qatag`onlik. O’zbekistonda sovet hokimiyatining iqtisodiy va ijtimoiy siyosati mohiyati
20-yillar tariximizga o’ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy guruh va kuchlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda Markazning imperiyacha munosabatlar mustahkamlanayotgan, o`lkadagi ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga aylangan sanoat, transport, qishloq xo’jaligini tiklash, ya'ni sho’rolarning "tinch sotsialistik qurilish" yo`liga o`tish davri bo`lib kiradi. Ushbu davrdagi eng dolzarb masalalardan biri bu- hokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa hokimiyat masalasini birinchi navbatda xalqning o’z taqdirini o’zi belgilashda ko`rishar edi. Sanoat va qishloq xo’jaligining inqirozi, ochlik, inqilobcha zo`ravonlikning kuchayishi mahalliy xalq milliy manfaatlarining ochiqdan-ochiq inkor etilishi Turkistondagi turli ijtimoiy qatlamlar orasida sovet hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni keltirib chiqarmoqda edi. Aholining aksariyati sovet hokimiyatini qizil armiyachilarning quroli yordamida zo`rlik bilan olib kirilgan hokimiyat sifatida tan olmas, ular tashkil etayotgan sovetlar va ularning ijroiya qcf mitalari tub aholi orasida obro`ga ega emasligi sovet tuzilmalariga qarshi chiqishlarni keltirib chiqarmoqda edi.
Komunistik partiya o‘zining siyosiy pozisiyalari hamda sovet davlat tuzumini mustahkamlash bilan birga sovetlarning ijroiya qo`mitalarini qaytadan tiklash ishlarini olib bordi. Ushbu tartib joylarda o’lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik jarayonlarni kengaytirish, xalq hokimiyatini tiklash shiorlari ostida o`tdi. Ammo, tarix ko’rsatib turganidek, aslida bu jarayon tashviqot-mafkuraviy xarakterda bo`lib, jamiyat va davlat boshqaruvida keng xalq ommasining ishtirokini ko’rsatishdek tuyulardi. Lekin haqiqatda bunday emas edi. Ko’p joylarda mahalliy aholi saylash huquqidan mahrum edi. Masalan, "BXSRda sud qurilishi haqida nizom"ning xalq maslahatchilarini saylash tartibi haqidagi 3-bob 20-moddasida ko’rsatilishicha, taqsimot taxrainan maslahatchilarning 25% ishchilardan, 50% qishloqlar va kentlardan, ya'ni dehqonlar va 25% harbiy qisralardan bcTlishi hisobida edi. Bolsheviklar keng huquqlar va irntiyozlar bergan ishchi va soldatlarning mutlaqo ko’pchilik qismi ruslar bolib, oqibatda, rahbar lavozimlarning aksariyati ulardan tashkil topgan, milliy ziyolilarning asosiy qistni esa saylov huquqidan umuman mahrum qilingan, bu erda ziyoli tabaqa umuman odil sudlovga yaqinlashtirilmagan. 1923 yilda Sirdaryo, Samarqand, Farg`ona viloyatlarida saylovga xalq sud'yasi va 46624 ta xalq maslahatchilarining tarkibi 73,5% ishchi, 19% dehqon va 7,5% qizil askarlardan iborat.
Bundan ko`rinib turibdiki, xalqni himoya qilishi kerak bо`lgan sudga birorta mutaxassis yaqinlashtirilmay, faqat bolsheviklarning siyosatini to’g’ri, degan kishilar kirgizilgan. TASSRda esa 1920 yilda aholining 93-97 %ni musulmon aholisi, 3-7 %ni ruslar tashkil qilgani holda, xalq sud'yalarining 48%ni ruslar, 52%ni musulmonlar, sud hay'ati a'zolarining 75% ni ruslar, 25%ni musulmoniar tashkil etgan.
Sovet hukumati mahalliy aholiga nisbatan bepisand bo`lib, aksariyat tarzda ham unga ishonmas edi. Shuning uchun ham u o’z siyosiy tuzilmalariga milliy xodimlarni nihoyatda kam jalb qilgan edi.
Yüklə 49,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin